Breaking News

Rossiya AQSh bilan yadroviy, kimyoviy qurollar bitimini yangilamaydi


Rossiya yadroviy va kimyoviy qurollarni saqlashga doir, AQSh bilan tuzilgan uzoq yillik bitimni yangilamoqchi emas.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:58 0:00
Yuklab oling

Sovet Ittifoqi qulagach, 1991-yilda erishilgan kelishuv xavfli moddadan qutulish, Qozog’iston, Ukraina va Belarusdan yadro qurollarini olib chiqish hamda bu mahsulot ishonchsiz qo’llarga tushishining oldini olish kabi maqsadlar yo’lida xizmat qilgani aytiladi.

Bundan tashqari, 7600 donadan ziyod yadro boyegolovkasi zararsizlantirildi.

Bitimning amal qilish muddati kelasi yil tugaydi. Kreml nazarida hozirgi holda hujjat sharofati bilan Amerika o’zga davlatlarning muhim harbiy texnologiyasi va qurol-aslaha omborlari haqida haddan ziyod ko’p axborotga ega.

Shartnomani yaxshilash kerak, deb hisoblaydi Rossiya tashqi ishlar vazirligi.

Sal oldin Moskva AQSh Taraqqiyot agentligi, USAIDni mamlakatdan haydashga qaror qilgan edi. Kreml e’tirozi shuki, USAID grantlar yordamida Rossiyada siyosiy jarayonlarga ta’sir qilishga urinmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG