Breaking News

Suriya bo'yicha xalqaro anjuman avgustga qoldirildi


Bruneyda o'tgan ASEAN sammiti doirasida AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya masalasida yana bir bor fikr almashdi, 2-iyul, 2013-yil.
Bruneyda o'tgan ASEAN sammiti doirasida AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya masalasida yana bir bor fikr almashdi, 2-iyul, 2013-yil.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Suriya bo’yicha xalqaro tinchlik anjumani avgust oyiga qoldirilgan. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’li va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo’lib o’tgan alohida uchrashuvlardan so’ng shunday qaror qabul qilingan.

Kerrining aytishicha, Suriya masalasida Rossiya va AQSh qarashlari keskin farq qiladi, ammo har ikki davlat qarama-qarshi tomonlarni muzokaraga jalb etish orqali muvaqqat hukumat tuzish lozimligi haqida yakdil.

“Shu yo’lda jiddiy harakat qilsak, ijobiy natijaga erishishimiz mumkin”, - deydi AQSh rasmiysi.

Rossiya Suriya prezidenti Bashar al-Assad kuchlariga qurol sotishda davom etmoqda. O’z navbatida, AQSh ham isyonchi kuchlarni qurollantirishga tayyor ekanini aytadi. Ammo biz xalqaro anjuman orqali muammoga tinch yechim topish harakatida davom etamiz, deydi Kerri.

“Bo’lib o’tgan muloqotlardan shu narsaga amin bo’ldimki, Rossiya ham tinchlik o’rnatilishidan jiddiy manfaatdor”, - deydi AQSh davlat kotibi.

Uning aytishicha, Jenevada o’tkazish rejalangan muloqotning muvaffaqiyati barcha tomonlar roziligi bilan tuziladigan vaqtli hukumatning tashkil etilishiga bog’liq.

“Urushda Assad yoki muxolifat kuchlaridan qaysi birining qo’li baland kelishi muhim emas. Muvaqqat hukumatda gap. Shuning uchun Jeneva anjumanining ahamiyati katta”, - deydi Kerri.

Amerika rasmiysi ham, Lavrov ham Suriya mojarosini harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmasligini tushunadi.

“Ikkinchidan, tinchlik o’rnatish burchimiz. Chunki Suriya davlatini saqlab qolish va vayronagarchiliklarni imkon boricha kamaytirishning eng yaxshi yo’li shu. Har ikkimiz ushbu burchning mas’uliyatini yaxshi tushunamiz”, - deydi Kerri.

AQSh rasmiysining aytishicha, Sergey Lavrov bilan uchrashuvda AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden masalasi ham tilga olingan. Hanuz Moskvadagi aeroportda qolayotgani aytiladigan Snouden AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan fuqarolar qo’ng’iroqlari va internet faoliyati tekshirilayotganini fosh etgach, xorijga chiqib ketgan.

Shundan so’ng AQSh unga qarshi jinoiy ish ochdi. Kerrining aytishicha, Lavrov bu ish bilan shug’ullanish uning vazifasiga kirmasligini aytgan, shuning uchun mavzu tafsilotlari ayon qilinmagan. Masala AQSh-Rossiya aloqalariga bevosita ta’sir qilishini eslatib o’tdim, deydi Jon Kerri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG