Breaking News

Bruklinning rus aholisiga Tramp ma'qul


Bruklinda ruslar Tramp haqida qanday fikrda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashovchi ruszabon aholining katta qismi noyabrdagi prezident saylovlarida Donald Trampga ovoz bermoqchi. Tanqidchilar uni vaysaqi va og’zi qulfsiz deyishadi, lekin respublikachilar nomzodi aslida samimiy va jasoratli, deydi ruslar. “Amerika Ovozi” Brayton-Bich mahallasida bo’ldi.

Brayton-Bichda Ari Kaganni hamma taniydi. Taksichilar, restoran egalari va oddiy saylovchilar.

U Bruklinda Demokratik partiya yetakchilaridan. Brayton-Bich aholisi doimo respublikachilarga ovoz beradi. Ammo Ari Kagan demokrat bo’lishiga qaramasdan hurmati baland.

Aprelda tuman aholisining 80 foizi Trampga ovoz bergan. Noyabrda ham shunday bo’lishi tabiiy.

“Ruszabon saylovchilar Trampni yoqtiradi, chunki u siyosatga chetdan kirib kelgan. Zerikarli emas. Siyosatda o’rnashib qolgan qonun-qoidalarga rioya qilmaydi. Og’ziga kelganini gapiradi”, - deydi Ari Kagan.

Tramp tarafdorlari jamiyatning turli qatlamlaridan. Unga ergashishnning sabablari ham turlicha.

“Uning o’z fikr-qarashlari bor. Doim ham boshqalar bilan kelishavermaydi, lekin o’ylaganini aytadi. U kuchli shaxs. Klinton esa boshqa demokratlardan farq qilmaydigan siyosatchi”, - deydi Bruklindan Timur.

“Tramp biznesmen ekani men uchun muhim. Tadbirkor odam poraxo’r siyosatchilardan farqli ravishda boshqalarning ehtiyojini tushunadi”, - deydi Lidiya Bugleymova.

Ari Kagan fikricha, Trampning gaplari o’z reytingini ko’tarishga qaratilgan. Ammo rus jamoasi uni nega yoqtirishini tushunadi.

“Rus diasporasi qattiqqo’l rahbarni qo’msaydi. Stalinni nazarda tutmayapman, tartib o’rnata oladigan nomzodni”, - deydi Kagan.

Noyabrda hamma ham saylovga chiqmaydi.

“Saylov degan narsaga ishonmayman. “Demokratiya bu ahmoqlar muttahamlarni saylashidir”, degan gapda jon bor. Men anarxistman. Yomon tizimlar ichida AQShniki eng yaxshisi. Lekin baribir saylovga chiqmayman”, - deydi Stas Rabinovich.

Bruklinning bu qismi Trampga xayrixoh bo’lsa-da, Nyu-York shtati azaldan demokratlarga ovoz beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG