Breaking News

AQSh va Rossiya manfaatlari Suriyada to'qnashmoqda


Rossiya, Suriya va Eron tashqi ishlar vazirlari, 14-aprel, 2017-yil, Moskva, Rossiya.
Rossiya, Suriya va Eron tashqi ishlar vazirlari, 14-aprel, 2017-yil, Moskva, Rossiya.

14-aprel kuni Moskvada Afg'oniston bo'yicha muzokaralarning uchinchi bosiqchi boshlandi. Rossiya tashabbusi bilan o'tkazilayotgan muloqot o'tgan yili dekabrda boshlangan edi.

Yig'inda Afg'oniston, Xitoy, Eron, Pokiston va Hindiston qatnashmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari ham uchrashuvga ilk bor taklif etilgan.

AQSh ham Moskvaga taklif etilgan, ammo Vashington unda qatnashmasligini bildirdi. Oq uyga ko'ra, muhokama qilinadigan mavzular va uchrashuvdan maqsad nima ekani haqida oldindan xabar berilmagan.

Muzokaralardan bir necha kun avval AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Moskvada bo'ldi. Suriya bo'yicha ziddiyatli munosabatlar bois har ikki davlat aloqalari har qachongidan taranglashgan.

Rossiyaning Suriya va Afg'onistonda ta'sir doirasini kengaytirayotgani AQSh tashqi siyosatidagi manfaatlar bilan to'qnash kelmoqda. Tahlilchilar fikricha, tinchlikka erishish uchun har ikki tomonning hamkorlik qilishi muhim.

Lekin tomonlarning muammo uchun taklif qilayotgan yechimlari bir-biridan keskin farq qilar ekan, yaqin orada tinchlik bitimiga erishish amri mahol.

Moskva yig'inidan bir kun oldin AQSh Afg'onistonga yadroviy bo'lmagan eng katta bombasini tashladi. Hujumda "Islomiy davlat" to'dasining yer osti bunkerlari nishonga olingani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG