Breaking News

AQSh Venesuelaga yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy etmoqchi


Yakshanba kuni Venesuelada Prezident Nikolas Maduro qayta saylanishi ketidan Oq uy bu mamlakatga yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Qo’shma Shtatlar saylov halol bo’lmagan deya, siyosiy muxolifat tazyiqlar ostida ekanini, hukumatda korrupsiya kuchayganini e’tirof etmoqda.

Prezident Donald Tramp farmoniga ko’ra, Venesuelaga yangi iqtisodiy cheklovlar qo’yiladi. Xususan, AQSh fuqarolari yoki Amerikada yashovchi shaxslarga Venesuela hukumati qarzini sotib olishda ishtirok etish man etiladi.

Lotin Amerikasining 14 mamlakati ham saylovlar natijalarini tan olishdan bosh tortmoqda.

Maduro hukumatining reytingi past bo’lishiga hamda iqtisodiy inqirozning kuchayishiga qaramay, u yangi olti yillik muhlatga saylandi. Inqiroz natijasida oziq-ovqat kamomadi kuchaydi, inflyatsiya ko’tarildi, neft savdosi tushib ketdi.

55 yashar sobiq avtobus haydovchisi saylovda ikki raqibidan o’zib ketdi, ammo yetakchi muxolif nomzodlar jarayonni boykot qildi.

“Bizga nisbatan qarshilikni, yolg’onlarni yengib o’tganingiz uchun minnatdorman”, - dedi qayta saylangan rahbar saylovchilariga murojaat qilib.

Ijtimoiy so’rov bilan shug’ullanuvchi bir guruhga ko’ra, saylovda so’nggi 20 yildan ko’proq vaqt ichida eng kam odam qatnashgan. Maduro 2013-yil saylovlariga qaraganda 1,7 million kam ovoz to‘plagan.

Maduroning ikki raqibi – sobiq hokim Xenri Falkon va ruhoniy Xavyer Bertuchchi ovozlar soxtalashtirilganini aytib, yangi saylov o’tkazishga chaqirmoqda.

“Bu saylovlarni haqiqiy deb tan olmaymiz, biz uchun saylov bo’lmadi hali”, - deydi Falkon.

Maduro iqtisodiyotni tiklashga va’da berdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli so’nggi yillarda bir milliondan ziyod venesuelalik mamlakatni tark etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG