Breaking News

Pentagon, markaziy razvedka rahbarlari va Afg'onistondagi elchi va qo'mondon yangilanadi


Oq Uy, 28 aprel 2011
Oq Uy, 28 aprel 2011

Prezident Barak Obama Mudofaa vazirligi, Markaziy Razvedka Agentligi va Afg'onistondagi qo'mondon hamda elchi o'zgarishini e'lon qildi.

2009 yildan beri xorijdagi maxfiy operatsiyalar uchun mas'ul Leon Panetta iyul oyidan boshlab Pentagonni qo'lga oladi.

Mudofaa vaziri Robert Geyts (o'ngda) Afg'onistondagi qo'mondon general Deyvid Petreus bilan
Mudofaa vaziri Robert Geyts (o'ngda) Afg'onistondagi qo'mondon general Deyvid Petreus bilan

Afg'onistonda o'tgan yildan beri xalqaro koalitsiya qo'mondoni general Deyvid Petreus Panettaning o'rnini egallaydi, ya'ni Markaziy Razvedka Agentligining direktori bo'ladi.

Leon Panetta
Leon Panetta

Obamaning qayd etishicha, razvedka va mudofaa rahbarlari bo'yniga yanada og'irroq vazifalar yuklanmoqda.

Davlat byudjeti qisqarar ekan, deydi u, ayniqsa Pentagonda katta o'zgarishlar kutilmoqda. Uning byudjetidan 400 milliard dollar qirqiladi.

General-leytenant Jon Allen
General-leytenant Jon Allen

General Petreusning o'rniga Afg'onistonga general-leytenant Jon Allen yuboriladi. AQSh bu mamlakatdagi qo'shinlarini 2014 yilgacha olib chiqish rejasida qat'iy.

Prezidentning bu muhim lavozimlarga to'g'ri odamlar tanlaganiga ishonchi komil.

"Asosiy maqsad xavfsizligimizni ta'minlash, xorijda bo'ynimizga olgan mas'uliyatni oqilona bajarishdir",- deydi Obama.

Rayan Kroker Iroqda elchilik qilgan
Rayan Kroker Iroqda elchilik qilgan

Afg'onistonga yangi elchi sifatida Rayan Kroker ko'rsatilmoqda. U Iroqda bosh diplomatlik qilgan.

Jorj Bush davridan buyon Pentagonni boshqarib kelayotgan Robert Geyts, Obama nazarida, Amerika ko'rgan eng uddaburo rahbarlardan biri.

Xolis fikri va bosiqligi bilan tanilgan Geyts bir paytlar Markaziy Razvedka Agentligini yuritgan.

Nomzodlar Senat tasdig'idan o'tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG