AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi Rossiyada inson huquqlarini buzishda qo'li bor rasmiylarga qarshi sanksiyalarni ko'zlaydigan qonun loyihasini ma'qulladi.
Unda bunday mulozimlarni AQShga qo'ymaslik, Amerikadagi mulk va hisob raqamlarini muzlatish ko'zda tutilgan.
Qonun, ayniqsa, 2008-yilda hibsga olinib, qamoqda o'lgan yurist Sergey Magnitskiy ishiga aloqador rasmiylarni nishonga olishni maqsad qiladi. AQSh nazarida huquqshunos ichki ishlar tizimidagi yuqori lavozimli rasmiylarni poraxo'rlikda ayblab, qamoqda qiynoqqa solinib, atayin o'ldirilgan.
Vakillar Palatasi qo'mitasida ham shu mazmundagi qonun loyihasi tasdiqlandi. Oq uy bunday choralarga qarshi. Magnitskiyning o'limi uchun Rossiyaga sanksiya kiritilgan, qo'shimcha choralarga hojat yo'q, deydi Obama ma'muriyati vakillari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujjat qabul qilinsa, Amerika rasmiylarini ham sanksiya bilan siylaymiz, dedi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, Qo'shma Shtatlar o'ziga chox qazimoqda.