Breaking News

Yangicha iqtisod: Baham ko’rishni o’rganayotgan amerikaliklar


"Mo'ylovli" kirakashlar
"Mo'ylovli" kirakashlar

Shaxsiy erkinlikni har narsadan ustun qo’yadigan amerikaliklar uyini, mashinasini va xizmatlarni baham ko’rishni o’rganmoqda. Iqtisodiyotning bu sektori yangicha bizneslarga yo’l ochayapti.

Baham ko’rishni o’rganayotgan amerikaliklar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00
Yuklab oling

San-Fransisko shahrida velosipedni ijaraga olsa bo’ladi. “Uber” va “Lyft” singari taksi xizmatlar ham bor.

“Lyft” mashinalarini ustidagi dekorativ mo’ylovidan taniysiz. Oddiy qilib aytganda, bular kirakashlik bilan pul topadigan haydovchilar. Yo’l haqini telefon orqali to’laysiz. Kompaniya AQShning 60 shahrida faoliyat yuritadi.

“Ota-onamizdan eng ko’p eshitgan maslahat – begona odamning mashinasiga o’tirma. Yoshligimizdan shuni o’rgatishgan. Lekin bizning biznesimiz shu asosda qurilgan”, - deydi “Lyft” kompaniyasi vakili Emili Kastor.

Yangicha transport xizmati yoshlarga ma’qul, jumladan Stenford universiteti talabasi Sem Merserga.

“Tezroq yetib olaman manzilimga. Bo’lishsak, hammaga arzonga tushadi”, - deydi u.

Yangicha biznes model negizida yotgan narsa - baham ko’rish, deydi Kaliforniya universiteti domlasi Syuzan Shahin.

“Mashinasi bor odamlar haq evaziga boshqalarga ham xizmat ko’rsatadi va daromad oladi”, - deydi u.

Tadbirkor Noa Karesh pazandalarni oshxo’rlar bilan tanishtiradigan eatfeastly.com nomli veb sayt ochib qo’ygan. Oshpazlar o’z uyida mijozlar uchun dasturxon yozib, bir-ikki so’m pul ishlaydi.

“Filippinning olis bir orolidagi antiqa taomni tayyorlab berishadi. Yoki sayrga chiqib, tabiat qo’ynida kechki taom”, - deydi biznesmen.

BikeLink kompaniyasi velosiped yoki ikki g’ildirakli boshqa transport vositalarini parkovka bilan ta’minlaydi.

“Velosipedlarni bizdan ijaraga ham olsa bo’ladi. A’zolik uchun haq to’lamaymiz, faqat ishlatganingiz uchun. Qish faslida esa bepul parkovkamiz bor”, - deydi uning egasi Stiven Grover.

Ana shunday yangicha bizneslarga qiziqqan tadbirkorlar yaqinda San Fransiskoda sarmoyadorlar bilan uchrashib, g’oyalarni muhokama qilishdi. Global tarmoqda aloqa qilib turadigan katta bir jamoamiz, deydi tashkilotchilardan Natali Foster.

“Safimizda notijoriy tashkilotlar ham bor. Yangicha iqtisodiy tizimga asos solayotgan insonlar bu harakatning yuragi”, - deydi u.

Bu tizim mijozlar bilan yaqindan ishlaydi, internetda ular har bir xizmatga o’z bahosini beradi.

Albatta, norozilar ham yo’q emas. Mehmonxonalar mezbon va mehmonni uchrashtiradigan veb saytlarni tanqid qiladi. Kirakashlarni esa noqonuniy taksichilik faoliyatida ayblashadi. AQShdagi mahalliy mutasaddilar va xorijiy davlatlar hukumatlari shikoyatlarni birma-bir ko’rib chiqmoqda.

Amerika hayoti - Yangicha iqtisod - Sharing economy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG