Breaking News

Suvdagi kasalxona Markaziy va Janubiy Amerika bo'ylab missiyada


"Komfort" kemasi - suvdagi kasalxona
"Komfort" kemasi - suvdagi kasalxona

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 1987-yildan beri xizmat qilayotgan “Komfort” kemasi suvdagi kasalxona vazifasini bajaradi.

Xalqaro hayot - 15-oktabr, 2018-yil - Suvdagi kasalxona Markaziy va Janubiy Amerika bo'ylab missiyada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Virjiniyaning Norfolk harbiy-dengiz bazasida joylashgan kema 11 haftalik tibbiy missiya bilan o’tgan hafta Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari bo’ylab safarga chiqdi. Missiyadan maqsad venesuelalik migrantlar oqimi natijasida mintaqadagi mamlakatlar sog’liqni saqlash tizimiga qo’yilayotgan bosimni yengillashtirish.

“Komfort” kemasi Ekvador, Peru, Kolumbiya va Gondurasda bo’lib, har bir to’xtagan joyida kuniga o’rtacha 750 ta bemorga professional tibbiy yordam ko’rsatadi. Venesuelalik muhojirlarning ko’payishi oqibatida bu mamlakatlar tibbiy muassasalari o’z aholisiga yetarlicha yordam bera olmayapti.

“Jamoamizga bir nechta nodavlat tashkilotlardan mutaxassislar qo’shilgan. Har bir mamlakatda besh kundan bir haftagacha turamiz”, - deydi kema kapitani Kevin Bakli.

“Komfort” bandargohga yetganda tibbiy mutaxassislar mahalliy sog’liqni saqlash markazlari va kasalxonalar bilan hamkorlikda dastlabki ko’rikdan o’tgan bemorlarni qabul qiladi, kemaning o’zida ham bir nechta shifokor qolib, kuniga 20 tagacha jarrohlik amaliyotini amalga oshiradi.

“Komfort”da 100 bemorga mo’ljallangan kasalxona, uchta jarrohlik xonasi, reanimatsiya xonalari, terapevtlar, ko’z va tish shifokorlari, ayollar salomatligi bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar bor”, - deydi kapitan Bakli.

Kema ekipaji mingga yaqin odamdan iborat bo’lib, suvdagi kasalxona eng so’nggi tibbiy uskuna va texnologiya bilan jihozlangan, tajribali shifokor va hamshiralar yordam berishga shay.

“Missiyani 60 kunda tayyorladik. Turli soha shifokorlari bizga qo’shildi. Hamkor davlatlar bilan ishlash, kasallarga yordam berish imkoniyatidan xursandmiz”, - deydi kemaning operativ qo’mondoni kapitan Uilyam Shefli.

“Komfort” kemasi 2007-yildan beri mintaqaga oltinchi marta o’xshash vazifa bilan otlangan. Bungacha zilzila va dovullardan zarar ko’rgan mintaqa va mamlakatlarga borib, muhtojlarga bepul tibbiy yordam ko’rsatgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG