Breaking News

Amerika rasmiylari Barselonadagi xurujni qoralamoqda


Barselonada xuruj sodir etilgan joy
Barselonada xuruj sodir etilgan joy

Prezident Donald Tramp xurujni Twitter orqali qoralab, Ispaniyaga yordam taklif qilgan.

Panamaga tashrif buyurgan Vitse-prezident Mayk Pensning aytishicha, aybdorlar qayerda bo’lmasin, topib jazolanadi, radikal islom terroridan taralayotgan zulm tag-tugi bilan qo’poriladi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirib, Ispaniyadagi amerikaliklardan vatanidagi oila a’zolari bilan bog’lanib, o’z ahvoli haqida xabar qilishni so’ragan.

“AQSh butun dunyo bo’ylab terrorizmga qarshi kurashishda davom etadi”, - dedi u.

Payshanba kuni bir terrorchi Barselona shahrida mikroavtobusni odamlarga urib, 13 kishining hayotiga zomin bo’lgan, salkam 100 kishi jarohat olgan. Haydovchi qochgan, qidirilmoqda, uning ikki hamtovog’i hibsga olingan.

Shundan keyin bir necha soat o’tgach, Kambrils shahrida besh kishi mashinasini yo’lovchilar turgan joyga yo’naltirgan. Natijada olti kishi jarohat olgan, politsiya jinoyatchilarni otib o’ldirgan.

"Bu ikki odam tongda Alkanardagi bir uyda sodir etilgan portlashga aloqador bo’lishi ham mumkin”, - deydi Kataloniya politsiyasi vakili Xose Luis Trapero.

Kambrils va Barselonadagi hujumlar bir joydan uyushtirilgani taxmin qilinmoqda. Barselonadagi xurujni “Islomiy davlat” jangari to’dasi o’z bo’yniga olgan.

"Bizni bugun nafaqat motam, balki qadriyatlarimizni poymol qilmoqchi bo’lganlarni mag’lub qilish ishtiyoqi ham birlashtirmoqda”, - dedi Ispaniya Bosh vaziri Mariano Raxoy.

Britaniya va Fransiya rahbarlari kechagi xurujlarni qoraladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG