Breaking News

Xavfsizlik - amerikalik saylovchi uchun birlamchi masala


Saylov-2016: Suriyadagi urush va "Islomiy davlat"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:20 0:00

Saylov-2016: Suriyadagi urush va "Islomiy davlat"

Terrorizmga qarshi kurash va davlat xavfsizligi – Amerikada saylovchilar uchun dolzarb masalalar. Ular yangi prezidentni tanlashda muhim omillar bo’lishi aniq. Oq uyga intilayotgan arboblar “Islomiy davlat” dek yovuz kuchni qanday qilib yengmoqchi? Shuningdek, Suriyadagi mojaroni qanday hal etish mumkin?

Suriyadagi urush va "Islomiy "davlat" - amerikaliklar uchun dolzarb masalalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:04 0:00

Suriyadagi bir necha yillik urush va “Islomiy davlat” terror guruhi - AQSh tashqi siyosatidagi eng yuqori o’rinda turgan muammolar. Respublikachilar va demokratlar yondashuvi bir-biridan tubdan farq qiladi. Maqsad mushtarak xolos: urush tugashi kerak, “Islomiy davlat” yo’q qilinishi kerak.

Respublikachi nomzod Donald Tramp:

“Keskin qarorlar qabul qilib, kuchli qadamlar tashlash kerak. Bizni hozir hech kim hurmat qilmay qo’ygan. Hurmatni tiklamasak, zaiflashib boraveramiz. Hech kim bizga quloq solmay qo’yadi. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak.”

Yana bir konservativ nomzod Ted Kruz, Texas shtatidan senator:

“Hozir Obama ma’muriyati kuniga 15-30 marta havodan nishonga olmoqda. “Islomiy davlat”ga nisbatan shu ham chorami? Havo hujumlarini kengaytirish kerak. Kurdlarga yordamni oshirib, qattiq zarba berish kerak, o’ldirish kerak ularni.”

Marko Rubio, respublikachi nomzodlardan yana biri, Florida shtatidan senator:

"Havo hujumlari muhim, albatta, lekin terrorchilarni yerdan turib daf qilish kerak. Piyoda qo’shin tortish kerak. Sunniy arablar bu ishni bajarishi kerak. Harakatni, asosan, ularning o’zlari olib borsin”.

Rubio fikricha, Bashar al-Assad hokimiyatdan ketishi kerak. Kruz va boshqalar nazarida bu ikkilamchi masala.

Demokrat nomzod Hillari Klinton “Islomiy davlat”ga qarshi qattiqroq choralar ko’rish tarafdori, biroq uningcha, AQSh bu urushga ko’p qo’shin safarbar etmasligi kerak.

“Terroristlar qo’shinimiz Yaqin Sharqqa qaytishini xohlaydi. Bu ularga har tomonlama qo’l keladi. Yuzma-yuz urush istaydi ular. Odam yollash ham osonlashadi, chunki AQSh bosib oldi yana degan bahona bo’ladi.”

Klinton Assad ketishi shart desa, Vermont shtatidan senator, demokrat nomzod Berni Sanders Suriyada rahbar yangilanishi shart emas, deydi.

“Assad Qo’shma Shtatlarga tahdid solayotgani yo’q. “Islomiy davlat” solmoqda. Fransiyada xuruj qildi. Rossiya samolyotini urib tushirdi. Asosiy maqsadimiz uni yo’q qilish bo’lishi lozim, ya’ni “Islomiy davlat” yanchilsin",- deydi Sanders.

Terrorizm xalqni eng ko’p xavotirga soladigan masala. Nomzodlar buni biladi, deydi tahlilchi Jon Fortiyer.

“Terrorchilar Amerikada ham katta xurujlar qilishi mumkin, “Islomiy davlat” amerikaliklarning kallasini oldi, Parijni xonavayron qildi, San Bernardino shahrimizda odamlarni o’ldirdi. Ana sizga vahima. Respublikachilar fursatdan foydalanadi, albatta",- deydi Fortiyer.

Odatda, amerikalik saylovchi uchun iqtisod birlamchi masala. Lekin ommaviy so’rovlarda odamlar xavfsizlik eng muhimi, demoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG