Breaking News

Kongressda internet orqali jangari yollash xususida tinglov o'tdi


AQSh Kongressi Vakillar palatasining Ichki xavsizlik qo'mitasi raisi Maykl Makkol
AQSh Kongressi Vakillar palatasining Ichki xavsizlik qo'mitasi raisi Maykl Makkol

AQSh Kongressi Vakillar palatasining Ichki xavsizlik qo'mitasi terror guruhlarining odam yollashda internetdan qanday foydalanayotganini o'rgandi. Shu mavzudagi tinglovga Ichki xavfsizlik vazirligi va Federal qidiruv byurosidan terrorga qarshi kurash va razvedka bo'yicha ekspertlar taklif etildi.

Qo'mita raisi Maykl Makkolning aytishicha, internetdagi ijtimoiy sahifalar Yaqin Sharqda ekstremistik guruhlar qarorgohiga aylangan.

"Jihodchilarning internetdagi tashviqoti kengaymoqda va unga qarshi kurashmoqdamiz. Bugungi terrorchilar g'orlarda yashayotgani, kuryer orqali aloqa qilayotgani yo'q. Ularning zo'ravonlikka da'vatlari internetda yangramoqda", - deydi Makkol.

Federal qidiruv byurosida terrorga qarshi kurash boshqarmasi direktori o'rinbosari Maykl Staynbaxning qonunchilarga aytishicha, internetga qo'yilgan da'vatlar tez tarqalmoqda.

"Internetda ekstremistik tashviqot olib boruvchi ikki mingtacha odam bor deylik. Twitter da ularning da'vatlarini taxminan 50 ming odam tarqatadi va yana 200 mingga yaqini bu da'vatlar bitilgan xabarlarni oladi", - deydi FBR xodimi.

Razvedka xizmati vakillariga ko'ra, bunga qarshi kurashning eng samarali yo'li razvedka agentliklari va huquq-tartibot organlari o'rtasida hamkorlik, axborot ayirboshlashni yo'lga qo'yishdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG