Breaking News

AQShning erkin savdo bitimi bo'yicha muzokara natijasiz tugadi


Tinch okeani bo'ylab savdo - TPP
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Tinch okeani bo'ylab savdo - TPP

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo zonasi yaratish yuzasidan Singapurda kechgan to’rt kunlik muloqot natijasiz tugagan.

Biroq tahlilchilar Amerika olg’a surgan va 12 davlatni, global iqtisodiyotning 40 foizini qamragan bitim yaqin oylarda imzolanishini bashorat qilmoqda.

Obama ma’muriyati hujjatni shu yil oxirigacha bir yoqli qilmoqchi edi. Lekin Singapur uchrashuvi bu rejani oqlamadi. Hukumat "salmoqli progress" kuzatilganini aytmoqda, xolos.

Navbatdagi muzokaralar yanvarga belgilangan.

Erkin savdo zonasiga AQSh, Vyetnam, Singapur, Peru, Yangi Zelandiya, Meksika, Malayziya, Yaponiya, Chili, Kanada, Bruney va Avstraliya kirishi kutilmoqda.

Kelishuv bu davlatlar iqtisodiyotiga turtki berib, ish o'rinlari gurkirab o'sishiga hissa qo'shishi aytiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG