Breaking News

Yevropada Amerika fuqarolariga qarshi xurujlar ehtimoli


Amerika Davlat departamenti Yevropaga safar qilayotgan fuqarolarini terror xurujlari haqida ogohlantirdi. Turistlar gavjum joylar, restoran, do'kon va transportda hujumlar ehtimoli ayniqsa baland, deyiladi bayonotda.

Xususan, 10-iyun-10-iyul kunlari Fransiyada futbol bo'yicha Yevropa jahon chempionati, 2-24-iyul kunlari esa "Tour de France" poygalari o'tadi.

Polshada iyul oyida katolik cherkovining Jahon yoshlar haftaligi o'tishi kerak. Bu musobaqa va marosimlarga millionlab tomoshabin kelishi kutilayapti.

Yevropa rasmiylari xavfsizlikni ta'minlash va xurujlarning oldini olish uchun qo'ldan kelganini qilayotgan bo'lsa-da, Davlat departamenti Amerika fuqarolarini jamoat joylarida ayniqsa ogoh bo'lishga undadi.

Joriy yilning martida Bryussel "Islomiy davlat" to'dasi tomonidan nishonga olinib, aeroport va metrodagi xurujlar 32 odamni hayotdan olib ketdi.

"Islomiy davlat" guruhi o'tgan yilning noyabrida Parijni ham qonga botirib, 130 kishining boshini yegan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG