Prezident Donald Tramp sakkiz davlat fuqarolarining AQShga kirishini cheklovchi yangi farmonga imzo chekdi. 2017-yil 18-oktabrdan kuchga kiradigan yangi qoidalar Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Suriya, Venesuela va Yaman davlatlariga tegishli.
Rasmiylarga ko’ra, bu davlatlar AQSh bilan terrorizm va boshqa masalalar yuzasidan ma’lumot almashishdan bosh tortgan.
Bu farmon 90 kunlik avvalgi qarorning amal qilish muddati tugashi arafasida e’lon qilindi.
Oldingi chora Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlab qo’ygandi.
Amerika-Islom aloqalari kengashiga ko'ra, Tramp bu qarori orqali "oq tanli millatchilar g'oyasi"ni olg'a surmoqda.
O'tgan hafta London metrosidagi portlash ortidan Tramp Amerikaga kelayotganlarga nisbatan cheklovni yanada kuchaytirishga chaqirdi.
U "Twitter" sahifasida “Qoshma shtatlarga kirishni man etish chorasi yanada kuchliroq va qattiqroq bo'lishi kerak; ahmoqgarchilik shuki, buni siyosiy jihatdan noto'g'ri deyishadi”, deb yozgan.
Facebook Forum