Breaking News

AQSh: "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Turkiya yordami muhim


Pentagon: Turkiya - juda muhim davlat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:38 0:00

U.S. President Donald Trump puts his hand on a drone aircraft used to patrol the border at U.S. Customs and Border Patrol facility in Yuma, Arizona, Aug. 22, 2017.

NATOning yetakchi harbiylari 12-sentabr kuni Istanbulda yilning so'nggi konferensiyasiga yig'ildi. Unda 28 a'zo davlatning mudofaa vazirlari Afg'onistonga yordam, Rossiya bosqiniga qarshi ko'rilayotgan choralar hama "Islomiy davlat"ga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari general Martin Dempsi Yaqin Sharqda tinchlikni saqlashda Turkiyaning roli yuqori ekaniga urg'u berdi.

Turkiya chegarasidan bir necha chaqirim narida urush ketyapti. Ikki million suriyalik zo'ravonlikdan qochib Turkiyada panoh topgan.

General Dempsi Turkiya harbiylari va NATOning boshqa mudofaa rasmiylari bilan ektremistlarni mag'lub etish yo'llarini qidirmoqda.

"Biz uchun, biz yuzlashib turgan muammolarni tushunishimiz uchun Turkiyaning roli muhim", - deydi u.

Kuzatuvchilar Anqara va Vashington kelishmovchiligidan "Islomiy davlat" foyda ko'rganini aytadi.

"Oxirgi ikki yilda Suriyada nega ko'p muammoga duch kelayotganimizning aytilmagan yoki yaxshi yoritilmagan sababi shundaki, AQSh-Turkiya munosabatlari ancha chigallashgan", - deydi Brukings instituti tahlilchisi Maykl O'xanlon.

Turkiya yaqindan boshlab jangarilarga qarshi xalqaro koalitsiyada faol qatnasha boshadi. Dastlab Injirlik havo bazasini AQSh ixtiyoriga bergan bo'lsa, hozir havo hujumlarida bevosita ishtirok etmoqda.

"Bir nechta bomba tahlab, eng yaxshi natijadan umid qilyapmiz. Lekin bu jiddiy strategiya emas. Turkiya va AQSh aloqalari yaxshilanayotgan bo'lishi mumkin. Ammo u foyda bermaydigan strategiya ustida yaxshilanyapti", - deydi O'xanlon.

AQShga ko'ra, Iroqda hokimiyatning zaifligi hamda Suriyada ishonchli hamkorlarning yo'qligi "Islomiy davlat" guruhining kuchayishiga zamin hozirlagan. Jangarilarga qarshi kurash uzoq yillar davom etishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG