Breaking News

Ukrainaning qo'shnilari Rossiya to'xtamaydi deydi


Simferopol, Qrim, 11-mart, 2014
Simferopol, Qrim, 11-mart, 2014
Ukraina hukumati bu davlat zaminida hozir 18 ming bosqinchi bor deya qayd etmoqda. Gap aynan Qrim muxtoriyatidagi vaziyat haqida ketmoqda. Rossiya va Ukraina orasidagi mojaro G’arb siyosatdonlariga 2008-yilda Gruziyadagi urushni eslatmoqda. O’shanda ham Rossiya bosqinchi sifatida ko’ringan edi.

Ukraina qo'shnilari Rossiya to'xtamaydi deydi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:16 0:00
Yuklab oling

Ukraina harbiylari Rossiya kuchlarini bu mamlakat hududida jinoiy harakatlar qilib, aholiga zug’um va bosim o’tkazayotganlikda qoralamoqda.

“Harbiy mojarolarda har bir qadam juda ehtiyotkorona qo’yilmasa, oxiri voy bo’ladi, bu sir emas”,- deydi Jeyms Jeffri, AQShning Turkiyadagi sobiq elchisi.

Uning fikricha, Amerika bu borada Ukrainaga yordam berishga shay ekanini ko’rsatishi kerak.

Polsha-Ukraina chegarasida Amerika mahalliy kuchlar bilan hamkorlikda mashqlar o’tkazsin, deydi Jeffri.

“Bu Rossiyaga shuni ko’rsatadiki, NATO doirasida Sharqiy Yevropadagi sheriklarimizni himoya qilamiz”.

Ya’ni Polshani, deydi keksa diplomat.

Polshaning AQShdagi elchisi Richard Shnef fikricha, Rossiya tahdid solmoqda, Qrimdagi harakatlar agressiya va uni bartaraf etish lozim.

"Hozirgi vaziyatda bizning suverenitetimiz ham xavf ostida. Kreml bu bilan to’xtab qolmaydi. Bu strategiyasida davom etsa, u Moldovani ham bosib olishi hech gap emas. Undan keyin boshqa davlatlarga ham qo’shin kiritishga qaror qilishi mumkin”,- deydi Shnef.

2008-yilda Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyaga harbiylarini safarbar etib, ruslarni himoya qilishga majbur ekanini da’vo qilgan edi. Rossiya bu hududlarni mustaqil deb hisoblaydi. Tbilisi va BMT nazarida esa ular Gruziyaniki. Rus qo’shinlari hamon u yerda.

“Bu mojaro bizga saboq berdi albatta va Ukrainadagi vaziyatga qarab, yana shuni ko’rayapmiz”,- deydi Archil Gegeshidze, Gruziyaning AQShdagi elchisi.

Uning tahlilicha, Amerika 2008-yilda Rossiyaga qattiqroq zarba berganida, balki Kreml bugun Qrimga kirmas edi.

“Rossiya Gruziyani bosib olib shuni ko’rdiki, 19-asrga xos harbiy usullar hozir ham ish beradi va dunyo hamjamiyati uning qilmishlariga qarshi hech narsa qila olmaydi”,- deydi elchi.

Lekin, deydi Gegeshidze, Ukraina bosiqlik bilan javob berishi kerak. Yechim diplomatiyada deb turgani ma’qul.

“Ukraina hukumati sabr-toqat bilan yondashishi kerak. Aks holda Rossiya jangovar kampaniya boshlab yuboradi.”

Ukraina armiyasi Rossiyaniki bilan tenglasha olmaydi. Urushdan hech bir taraf naf ko’rmaydi. Bu haqiqat, deydi diplomatlar. Ukraina ahli ikkiga bo’lingan. Vashingtondagi siyosatdonlar nazarida Kiyev avvalo o’z fuqarolarining dardiga quloq tutishi va boshqa tomonlar ham ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashi lozim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG