Breaking News

So’nggi raqamlar ijobiy, lekin 13 million fuqaro ishsiz


Amerikada o’tgan oy 163 ming ish o’rni yaratilgan, yil boshidan beri eng yuqori ko’rsatkich. Raqamlar bir qarashda ijobiy tuyulishi mumkin, ammo mamlakatda ishsizlik sur’ati o’sib bormoqda.



Hukumat e’lon qilgan raqamlar kutilmagan xushxabar bo’ldi. Iyulda 150 mingdan ziyod odam o’ziga ish topgan. O’tgan oylar ichida 100 mingdan ham oshmagan edi.

Xalqaro Valyuta jamg’armasi iqtisodchisi Roberto Kardarelli fikricha, o’zgaruvchan raqamlar Amerikada ahvol hamon og’irligidan darak.

“Krizis boshlanganidan beri 7,5 million odam ish joyidan ayrilgan bo’lsa, shulardan 3 millioni qayta ishga joylashgan. AQSh aholisi o’sib borayapti, iqtisod shunga mutanosib ravishda o’sishi kerak”, - deydi u.

Ammo investorlar orasida ko’tarinki kayfiyat. Ishlab chiqarish va sog’liqni saqlash sektorlarida o’sish aksiyalar bahosini ko’tarib yubordi.

AQShda kompaniyalar ko’proq ishchi yollayotgan bo’lishi mumkin, lekin ishsizlar soni 13 million. Xavotirli jihati shuki, deydi ekspertlar, aholini mehnatga jalb qilish koeffitsiyenti tushib bormoqda.

“Mehnatga yaroqli aholining uchdan bir qismi bekor yuribdi, ya’ni 88 million kishi ishlay olsa-da, ishlagisi yo’q. Rasman esa 13 million odam ishsiz”, - deydi moliyaviy sharhlovchi Mett Nesto.

So’nggi 3 yilda Amerikada ishsizlik sur’ati 8 foizdan pasaygani yo’q. 2013-yilda ham shunday qoladi, deydi iqtisodchi Kardarelli.

“Sababi oddiy – Amerikada iste’molchilar xarajat qilishdan qo’rqib qolgan. Ya’ni ular krizisda ayrilgan boyligini tiklash bilan band. Ko’chmas mulk bozorida hozir qancha-qancha odamlar uyidan qarzdor. Xorijiy xaridorlar ham AQSh iqtisodiyotiga yordam bera olmaydi, chunki chetda ham o’sish sust”.

Saylovchilar prezidentga ovoz berayotganda avvalo iqtisod haqida o’ylaydi.

Respublikachi nomzod Mitt Romni deydiki, prezident Barak Obama sohani eplay olmayapti. Obamaning javobi: Krizisni keltirib chiqargan respublikachilarning o’zi. Ommaviy so’rovlarga ko’ra esa fuqarolar hukumatdan norozi.

Amerikada ishsizlik/US Unemployment
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG