Jenevada BMT Inson huquqlari kengashining yillik sessiyasida Amerika vakillari bu organdan qator davlatlardagi vaziyatga jiddiyroq e’tibor qaratishni so’radi, jumladan O'zbekiston va qo'shni Turkmanistonda.
Suriya, Eron, Shimoliy Koreya, Janubiy Sudan, Sudan, Kuba, Xitoy, Venesuela, O’zbekiston, Turkmaniston, Misr va Rossiyada uzviy huquqlar muntazam va qo’pol ravishda buziladi, fuqarolarning so’z va fikr erkinligi, uyushish va birlashish hamda arz qilish erkinliklari oyoq osti qilinadi, deyiladi AQSh diplomatik bayonotida.
Mahbuslar qiynoqqa solinishi va fuqaro jamiyatiga nisbatan zulm qanchalik haqiqat bo’lmasin, uni inkor etishadi va BMT Inson huquqlari kengashi bu masalalarni ochiq muhokama qilib, hukumatlarni o’zgarishlar qilishga undashi, ularga xalqaro burch va majburiyatlarini, umumbashariy erkinliklarni hurmat qilish talabini eslatib turishi kerak, deydi AQSh rasmiysi Deyvid Sallivan kengash sessiyasida so’zlar ekan. Bayonot 16-sentabr kungi majlisda yangradi.