Breaking News

AQSh va O'zbekiston ta'lim bobida ikki hujjat imzoladi


O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat o’rtasida ta’lim sohasida ikkita anglashuv memorandumi imzolandi.

AQSh va O'zbekiston ta'lim bobida ikki hujjat imzoladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha idorasi vakili Alis Vels imzolagan birinchi hujjatga ko’ra, AQSh universitetlari va Markaziy Osiyodagi oliy o’quv yurtlari o’rtasida uch yillik hamkorlik dasturi joriy etiladi. Dastur O’zbekistondan turib boshqariladi.

Ikkinchi anglashuv memorandumida O’zbekistonda ingliz tilini o’rgatish dasturlari uchun qo’shimcha mablag’ ajratish ko’zda tutilgan. Bu dasturlardan universitet talabalari, jurnalistlar, professionallar foyda ko’radi, ingliz tili o’qituvchilarining malakasi oshiriladi, o’qituvchilar va talabalar uchun ingliz tilini o’rganishda onlayn imkoniyatlar beriladi.

O’zbekiston ilgari AQShning ta’lim va ilmiy almashinuv dasturlarida faol qatnashgan. Amerika hukumati ajratgan pul hisobiga faoliyat yuritgan IREX, ACCELS/ACIE hamda xususiy jamg’arma hisobiga ishlagan Ochiq jamiyat instutiti yoki Soros jamg’armasi kabi tashkilotlar yordamida o’zbekistonlik o’quvchilar, talabalar va professionallar AQSh maktablari va oliy o’quv yurtlarida o’qigan, malaka oshirgan. Biroq 2005-yilgi Andijon voqealaridan so’ng O’zbekiston hukumati bosimi ostida Amerika ta’lim dasturlari avval qisqara boshladi, so’ng esa batamom yopildi.

Mirziyoyevning AQShga tashrifidan so’ng dasturlarning qayta ochilish ehtimoli bor. O’zbekiston rahbari o’z chiqishlarida malakali kadrlar yetishmasligi haqida ko’p gapirgan, hatto o’tgan yili Amerikada yashovchi o’zbekistonlik professionallar bilan Nyu-Yorkda uchrashganida ularni O’zbekistonga qaytib, ishlashga da’vat etgan edi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG