Breaking News

Uyg'urlarning Xitoyda ommaviy qamashlarga qarshi Vashington namoyishi


Uyghur protest in DC
Uyghur protest in DC

Vashingtonda uyg’urlar bir haftalik namoyish boshladi. Tadbirdan maqsad – Xitoy g’arbidagi Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida uyg’urlarning ommaviy qamalishiga AQSh Kongressi e’tiborini jalb qilish.

Uyg'urlarning Xitoyda ommaviy qamashlarga qarshi Vashington namoyishi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:51 0:00

Namoyish tashkilotchilari qonunchilarni maxsus qonun qabul qilib, Xitoydan konsentratsion lagerlardan millionlab uyg'urlar va turkiy xalqlar vakillarini ozod etishni talab qilishga chaqirmoqda.

2008-yilda vafot etgan sobiq kongressmen Tom Lantos asos solgan jamg’arma uyg’ur faollari bilan inson huquqlari masalasida ko’pdan beri hamkorlik qilib keladi. Namoyishda marhum qonunchining jamg’armaga rahbarlik qilayotgan qizi Katrina Lantos Svet so’zga chiqib, Xitoyning uyg’urlarga nisbatan siyosatini keskin tanqid qildi.

“Magnitskiy qonuni” AQSh Kongressi bir necha yil avval inson huquqlari himoyasi yo’lida qabul qilgan ayojib hujjat bo’ldi. Qonun hukumatimizga inson huquqlarini poymol etayotgan shaxslarga qarshi chora ko’rish vakolatini beradi. AQSh hukumatidan ana shu hujjat doirasida Xitoyda ham inson huquqlari buzg’unchilariga qarshi chora ko’rishni so’raymiz. Bunday shaxslarning AQShga kiritilishiga to’siq qo’yish kerak, G’arbdagi mulklarini muzlatib, musodara qilish zarur. Bilamizki, Xitoydagi ko’plab yuqori lavozimli amaldorlar o’z farzandlarini AQShning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun yuborishni istaydi. Ko’plarining xorijda, asosan, noqonuniy yo’llar bilan qo’lga kiritgan boyliklari, hisob raqamlari bor. Maqsadimiz Kongressni hukumatimizga bosim qo’yishga chaqirib, “Magnitskiy qonuni”ni Xitoyda inson huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan qo’llashga undash”, - deydi Inson huquqlari va adolat uchun Tom Lantos jamg’armasi prezidenti.

Jahon uyg'urlari kongressi rahbari To'lqin Isoning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, davlat idoralarida ishlovchi musulmonlarga, uyg'ur talabalarga Ramazon oyida ro'za tutish, masjidga chiqish man qilingan. Shu bilan birga hududda spirtli ichimliklar ichish va cho'chqa go'shti yeyish bo'yicha turli musobaqalar o'tkazilmoqda.

To'lqin Isoga ko'ra, ayniqsa Qashg'arda yosh yigitlar ko'p ushlanmoqda.

"Mahalliy bozorlarda yosh bolalar va qariyalardan boshqa erkaklarni ko'rmaysiz, masjidlar deyarli bo'sh", - deydi u.

Xitoy hukumati uyg'urlarni bo'lginchilikda, Turkiston islomiy partiyasi va Sharqiy Turkiston Islomiy harakati kabi man qilingan guruhlarga aloqadorlikda ayblaydi.

Jahon uyg’urlari kongressi sobiq rahbari Robiya Qodirning Xitoydagi 37 nafar yaqini panjara ortida.

Robiya Qodir
Robiya Qodir

Sharqiy Turkistondagi deyarli har bir oilada kamida bir odam jazo muddatini o’tamoqda.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotiga ko'ra, uyg'urlar ustidan nazoratni kuchaytirish hamda rasmiy mafkurani bu xalq ongiga singdirish maqsadida hukumat Kommunistik partiyaning milliondan ziyod rasmiylarga Shinjon-uyg'ur muxtoriyatining qishloq hududlarida yashovchi uyg'urlar uyida vaqtincha yashashni buyurgan.

Vashingtondagi chiqishlar Tiananmen voqealarining 29 yilligiga to'g'ri kelmoqda. 1989-yil 4-iyunida xitoylik talabalarning uch haftalik namoyishlari Pekindagi Tiananmen maydonida xavfsizlik kuchlari tomonidan nishonga olinib, turli manbalarga ko'ra 180 dan 10 minggacha odam nobud bo'lgan.

Yakshanba kuni AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bayonot chiqarib, Xitoy hukumatini maydonda halok bo'lganlar, hibsga olinganlar va bedarak ketganlarning to'liq ro'yxatini chop etishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG