Breaking News

Amerikadagi o'zbek tadbirkorlari - Timur Nosirov


Timur Nosirov
Timur Nosirov
Amerikada o'zbek tadbirkorlari - Timur Nosirov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:06 0:00

Toshkentda tug’ilib o’sgan Timur Nosirov yoshligidan ishbilarmonlikka qiziqqan. Ilk kompaniyasini universitetda o’qiyotgan paytida ochgan. So’nggi 20 yilda esa tadbirkorlik bir necha kompaniyaga asos solib, biznes bilimlarini yanada kengaytirishga muvaffaq bo’lgan. Ayni paytda Kaliforniyaning San-Diyego shahrida yashaydi. Vino ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Timur Nosirov oilasi bilan Latviyada bir necha yil yashaganidan so’ng 2017-yilda Amerikaga ko’chadi. Bu paytda O’zbekistonda hokimiyat almashib, mamlakat katta o’zgarishlarga yuz tutayotgan edi. Amerikada Timur ta’lim olishni davom ettirish maqsadida San-Diyego universitetida moliyadan darslar oladi. Hozir u xalqaro biznesini yuritish bilan birga Kaliforniya universitetida biznes boshqaruvi sohasida qo’shimcha bilimlarni egallamoqda.

“Asosan eng yaqin do’stlarim bilan ishni boshlaganman. Vino importi kompaniyamni 20 yildan beri birga ishlab kelgan yaqin do’stim boshqaradi. O’zbek vinosi brendiga o’z ukam bilan asos solganman. Amerikada esa 22 yil oldin Londonda tanishgan yaqin do’stim bilan bir nechta kompaniya ochganman. Kompaniyalarim muvaffaqiyatli bo’lishining bir necha omili bor. Birinchisi, globallik. Biz butun dunyo bilan ishlaymiz va xalqaro biznes standartlari va madaniyatiga rioya qilamiz. Ikkinchidan, doimiy innovatsion yondashuv. Biz yangi usullarni qo’llaymiz va izlaymiz. Va nihoyat, uchinchisi, xodimlarimizning jinsi va irqiga qaramay, bir xil imkoniyatlar yaratamiz", - deydi u.

Timur Toshkentda telekommunikatsiya sohasida magistrlikka o’qigan. O’qishning birinchi yilida kichik bir bar ochgan edi. Vaqt o’tib, u vino savdosi bilan shug’ullanadi. Hozir o’z restoran tarmog’iga ega, vinoni import qilib sotadi, hatto o’z vinosini chiqaradi. Kompaniya Kaliforniyada joylashgan. Timur yosh tadbirkorlarga O’zbekistonda kichik bizneslar ochishda ham yordam bermoqda.

“Kelajakda o’zimni sarmoyador sifatida ko’ryapman. Chunki Amerikadagi Silikon Vodiysida juda ko’p investorlar bor. Lekin O’zbekiston potensiali haqida xabarlari yo’q. Niyatim – shu investorlarni O’zbekiston bilan tanishtirish va ular bilan birgalikda moliyaviy texnologiyalarga sarmoya olib kirish".

26 yoshida Timur O’zbekistonning vino bozorida biznes qilish uchun qulay imkoniyat ko’radi. Biroq spirtli ichimliklarga soliq baland bo’lishi va alkogol iste’mol qilish madaniyatining bu mamlakatda yo’qligi sabab biznes yuritish ancha qiyin kechadi.

Tajriba sifatida Timur o’z bari uchun fransuz vinosining 1200 ta shishasini sotib oladi. Talab katta bo’lganini ko’rgach, 2020-yilda pandemiyaga qaramay, 20 xil vino, jumladan o’z vinosining salkam 100 ming shishasini sotishga muvaffaq bo’ladi.

“Men ko’p millionlik kompaniyani noldan yaratdim. Men kompaniyamni mavjud bo’lmagan sohada yaratdim. Uni erkaklar va ayollarga teng imkoniyat beradigan kuchli va yetakchi xalqaro kompaniyaga aylantira olganim eng katta yutug’imdir. Endi esa men rivojlanishimning yangi bosqichidaman”, - deydi Timur.

“Timur ishini sevadi. Shunisi bilan menga yoqadi. Mana shu xislati bizni bog’lab turadi. Ba’zi odamlar boshqalardan foydalanib daromad ko’radi. Timur atrofdagilariga sodiq inson. Qilayotgan ishiga ishonadi. Barcha loyihalariga mehr qo’ygan. Yanada muvaffaqiyat qozonishiga, o’sishiga ishonaman. Tadbirkor sifatida kelajagi yorqin”, - deydi Timurning Anastasiya Bondar ismli o’zbekistonlik hamkori.

Timur yillar davomida o’rgangan ko’nikmalari va orttirgan tajribasidan kundalik hayotida qo’llanadi. Endi esa bilimlarini Amerikaga kelib, ish yuritmoqchi bo’lgan yosh tadbirkor vatandoshlariga uzatmoqda.

“Mehnat qilmasa, omad kelmaydi. Agar astoydil ishlasangiz, sizga doim yaxshi insonlar uchraydi va kerakli sharoitlar paydo bo’ladi. “Harakatda baraka”. O’zbekistonda shunday deyishadi. Maslahatim shuki, yangi narsalarni o’rganishdan va o’z ustingizda ishlashdan to’xtamang.

Oilamda hammamiz talabamiz. Berklidagi Kaliforniya universitetida magistraturadaman. Turmush o’rtog’im San-Diyego universitetida magistraturani tugatyapti. Katta o’g’lim Nyu-York kinoakademiyasiga o’qishga kirdi. O’rtancha o’g’lim 7-sinfda o’qiydi. Kichik qizim esa bu yil 1-sinfga boradi. Xullas, ilm olishni doim davom ettiring. Kollejda oqish imkoni bo’lmasa, onlayn kurslarga yoziling. Mashinada podkastlar va ta’lim kanallarini eshiting”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG