Turkiston-Amerika jamiyati Nyu-York shahrida Qirg’iziston klubi va Qozog’iston madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo” konsert dasturi tashkil etdi.
Shahnoza Bek AQShga 20 yil muqaddam kelgan. O’zbekistonda Xoreografiya bilim yurtini tamomlab, “Bahor” ansamblida faoliyat yuritgan. Hozir Turkiston-Amerika jamiyati tadbirlarining faol ishtirokchisi. Jamiyat qoshida yoshlarga o’zbek raqsidan saboq ham beradi.
Markaziy Osiyo” konsert dasturini o’tkazishdan maqsad madaniyatni tanitish, deydi san’atkor.
Bugun, 22-sentabrda o'rayotgan konsertda, shuningdek, o’zbekistonlik raqqosa Zamira Salim va jamiyat qoshidagi bolalar guruhi ham sahnaga chiqadi.
Markaziy Osiyo xalqlarini bir joyga jamlovchi ushbu konsert dasturi jamiyat tarixida birinchi bor o’tkazilyapti.
Kelajakda ham bunday tadbirlarni davom ettirish niyatimiz bor, deydi Shahnoza Bek.
“Bu birinchi qadam bo’lyapti. Xudo xohlasa, yanada ko’proq harakat qilamiz. Markaziy Osiyo madaniyatini yanada tanitaylik. Ko’proq bo’lsin”, - deydi Turkiston-Amerika jamiyati faoli.
Kechada Qirg’iziston va Qozog’istondan ham san’atkorlar ishtirok etadi.
“Qirg’izistonliklarning duxovoy orkestlari bor. Qozog’istonlik Aliya xonim dutor chalib, milliy qo’shiqlarini ijro etadi”.
Turkiston-Amerika jamiyati nafaqat o’zbek madaniy tadbirlari o’tkazadi, balki boshqa turkiy xalqlar tomonidan tashkil etilgan kechalarga ham hissa qo’shib keladi.
Shahnoza Bek deydiki, a’zolar barcha turkiy xalqlar bilan yaqin aloqada bo’lishni istaydi.
“Turk kuni, Turk yurishi festivallarida qatnashganmiz. Bu yil Turkiston yurishida qirg’izistonlik va qozog’izstonliklar bilan baravar qatnashdik. Bunaqa tadbirlarda ko’proq qatnashishga harakat qilamiz”, - deydi u.
Uzoq yillardan beri AQShda istiqomat qilayotgan raqqosa fikricha bunday tadbirlar vatandoshlar bilan yaqin aloqada bo’lib turish uchun ham zarur