Breaking News

Shvetsiya Obidxon qoriga suiqasd ortida rasmiy Toshkent turganini da'vo qilmoqda


Qoriga hujum rejalagan, uni amalga oshirgan shaxslar o'zbekistonliklar ekani aytiladi.
Qoriga hujum rejalagan, uni amalga oshirgan shaxslar o'zbekistonliklar ekani aytiladi.
Shvetsiya Bosh prokurori Krister Petersson so’zlariga ko’ra, o’zbekistonlik taniqli imom hayotiga suiqasd ortida rasmiy Toshkent turganini ishonch bilan aytish mumkin.

Petersson 18-iyul kuni, hujumga aloqadorlik gumoni bilan ushlangan o’zbekistonlik ikki fuqaroning sudida shunday bayonot bilan chiqqan.

Ular ustidan hukm 26-iyulda o’qiladi. Ungacha bu ikki shaxs vaqtincha qo’yib yuborilgan.

Bu er-xotin aybdor topilsa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ostersunddagi sud xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda o’tmoqda. Jarayonda Shvetsiyadagi bir guruh o’zbeklar qatnashayotgani aytilmoqda.

Nazarov yaqinlaridan Ahadjon Azimov so'zlariga ko'ra, prokuror jinoyat qanday sodir etilgani, ayblanuvchilarning roli haqida xulosasini eshittirgan.

“Prokuror ayblanuvchilar ijrochiga yordam berganini isbotlovchi video va audio materiallarni, suratlarni taqdim etdi”, - deydi u.

Dalillarga ko’ra, suiqasdni rejalash va amalga oshirish payti Moskvadagi yana bir ishtirokchi bilan aloqada bo'lingan.

Ayblanayotgan ayol voqeadan bir necha kun o’tib, Moskvadagi tanishi bilan bog’langan. Shundan so’ng kompyuteridagi ma’lumotni o’chirib tashlashga harakat qilgan.

“Sud zaliga ayblanuvchilar olib kelingan - o’zbekistonliklar, bir erkak, bir ayol. Ularni er-xotin ham deyishayapti. Tushunishimcha, ular Buxoro tomonlardan", - deydi Azimov.
Jinoyatchiga bular juda ko’p yordam berishgan, hatto kelishidan oldin ijaraga uy ham tayyorlab qo’yishgan...

Ikkisiga rus va o'zbek tilini biladigan tarjimon berishgan.

"Qoriga o’q uzgan odamda ham O’zbekiston pasporti bo’lgan. U bu yerga kelib, ijaraga uy olgan. Shu jarayonda jinoyatchiga bular juda ko’p yordam berishgan, hatto kelishidan oldin ijaraga uy ham tayyorlab qo’yishgan. U bu yerga kelib, vaziyatni o’rgangan, hatto bizning masjidga ham kirgan. Buni birodarlarimiz ham ko’rishgan, buni sudda ham tasdiqlashdi”, - deydi Azimov.

Sudning dastlabki kunida ayblanayotgan ayolning ko’rsatmalari ham eshitilgan. Ayol Moskvadagi akasining iltimosiga ko’ra bu kishini kutib olganini aytgan, uni qarzdor odamni qidirayotgan biznesmen deb o’ylagan. Akasining iltimosi bilan Obidxon Nazarovning manzilini aniqlagan, shuningdek, u yashayotgan joyni ko’zdan keshirishga yordamlashgan.



Nazarov shu yilning fevralida Shvetsiya shimolidagi Ostersund shaharchasida o’z uyi oldida otib ketilgan edi.

U hamon o’ziga kelmagan, koma holatida qolmoqda. Nazarovning yaqinlari deydiki, hamlani O’zbekiston maxsus xizmati buyurtirgan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG