Breaking News

O'zbek jangarilari - Tolibon va al-Qoida lashkarlari


O'zbek jangarilari mustaqil kuch emas, deydi ayrim tahlilchilar. Ular Pokistonda ham, Afg'onistonda ham kelngindi. Demak, Tolibon qo'lida o'yinchoq.
O'zbek jangarilari mustaqil kuch emas, deydi ayrim tahlilchilar. Ular Pokistonda ham, Afg'onistonda ham kelngindi. Demak, Tolibon qo'lida o'yinchoq.

Markaziy osiyolik jangarilar Afg’onistonda ham, Pokistonda ham kelgindilar. Shu bois ham, deydi tahlilchi Ahmed Rashid, Tolibon ularni o’z maqsadlari yo’lida qo’llab keladi.

Pokiston hukumatining bildirishicha, Afg’oniston bilan chegaradosh mintaqa, xususan Shimoliy Vaziristonning Dehqon tog’ deb ataluvchi hududida havo kuchlari o’zbek jangari o’choqlarini nishonga olib, o’nlab odamni o’ldirgan. 8-iyun kuni Karachi aeroportida amalga oshirilgan terror xurujida 38 kishi o’lgan edi. Hujumni avval Pokiston Toliboni o’z zimmasiga oldi, saldan keyin esa O’zbekiston islomiy harakati bu xuruj aynan bizning ishimiz deya e’lon qildi. Jangarilar faoliyatini uzoq yillardan beri o’rganib, tahlil qilib kelayotgan pokistonlik jurnalist Ahmad Rashid hukumat va ekstremist guruhlarning da’volariga shubha bilan qaraydi, lekin bu guruhlar hamon kuchli ekanini e’tirof etadi.
O'zbek jangarilar- Pokiston-Ahmed Rashid - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:10 0:00
Yuklab oling

Markaziy Osiyo va Kavkazdan chiqqan mutaassib kuchlar tarixi va ularning Afg’oniston va Pokistondagi faoliyati haqida kitoblar yozib tanilgan Ahmed Rashid deydiki, Shimoliy Vaziriston va uning atrofi jurnalistlar, nohukumat tashkilotlar va hatto BMT uchun mutlaq yopiq. Mintaqada izlanish mumkin emas, haqiqatni aniqlash yo’llari cheklangan. Shunday ekan, Pokiston hukumati, Tolibon va uning hamkorlarining aytgani aytgan. Informatsiyani mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkoni yo’q.

Ahmed Rashid Karachidagi xurujda o’zbeklar ishtirok etgani yo uning boshdan oyoq o’zbek jangarilar tomonidan amalga oshirilganini tushunish qiyin, deydi.

Deylik, O’zbekiston islomiy harakati bu qon to’kilishlar ortida turibdi. Nimaga erishmoqchi bo'ldi ular bu bilan? Ularni bunga kim undadi? Ular qanchalik mustaqil yoki kimning iznida? Tolibon bilan qanday kelishuv bor? Al-Qoida bilan-chi? - degan savollarni o’rtaga tashlaydi mutaxassis.

Afg’oniston va Pokistonda nafaqat hukumatlar va oddiy aholi, balki Tolibonning o'zi ham markaziy osiyolik jangarilarga kelgindi sifatida qaraydi. Oldin ham shunday edi, hozir ham shunday. Mana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, deydi Ahmed Rashid, bu harakat o’zbek, tojik, uyg’ur va chechen jangarilarni o’z maqsadlari yo’lida bemalol qo’llay oladi. Oddiy qilib aytganda, ular al-Qoida va Tolibon jangchilari, ularning qo'lida o'yinchoq.

Tolibon va Al-Qoida Markaziy Osiyo davlatlarini emas, aynan G’arbni dushman deb biladi. Asosiy maqsadlari haqida gapirganida mintaqani deyarli tilga olmaydi, deydi Ahmed Rashid. Ya’ni ular uchun, O’zbekiston islomiy harakati va boshqa to’dalar xohlaganidek, O’zbekistonda Islom Karimov yoki Tojikistonda Emomali Rahmonni hokimiyatdan ag’darish prioritet emas.

Karachidagi xurujni avvalo Pokiston Toliboni tan oldi. Nima uchun ular “bu hujum o’zbeklar bilan hamkorlikda qilindi” yoki “o’zbeklar jonbozlik ko’rsatdi” deb alohida aytmadi? Albatta, jangarilar jahon ommasi ularni qudratli deb o’ylashini xohlaydi. Propagandaning ahamiyati katta bu yerda, deydi Ahmed Rashid.

Bu jangarilar Tolibon va Al-Qoidaning bir qismi deb xulosalab qo’yish ham oson, deydi u. Lekin asl manzara sal boshqacha bo’lishi mumkin. O’zbekiston islomiy harakati bayonotlari aynan Markaziy Osiyo ahliga qaratiladi. Saflari boyishini xohlaydi, yoshlarni o’ziga qaratgisi keladi. Maqsad, deydi Ahmed Rashid, mana nimaga qodirmiz deb ko’rsatish. Karachi aeroportini portlatdikmi, demak, Toshkent yoki Dushanbeda ham shunday qila olamiz, deyish.

Ahmed Rashid o’zbek va umuman Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilar soni minglab emas, yuzlab deya taxmin qiladi. Kuchdan qolmagan, ularni qurol-aslaha va oziq-ovqat bilan ta’minlovchi manbalar haliyam bor. Yashirin yo’llar orqali mintaqaga kirib-chiqadi. Xullas, ular hamon tahdid manbai.

Pokistonlik jurnalist nazarida Afg’onistondagi siyosiy jarayonlar bu to'dalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yangi prezident nima qiladi? Tolibon u bilan gaplashadimi? Bu hozircha aniq emas. Tolibon Afg’onistonda ham, Pokistonda ham ancha tarqoq, deydi Ahmed Rashid. Hukumat bilan murosa qilish kerak degan guruh bor. Qilish kerak emas deganlar bor. Muzokara qilsa bo’ladi, lekin xurujlarni, jihodni to’xtatmaslik kerak degan fikrdagilar bor.

Pokistonda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Xitoydan chiqqan jangarilarni asosan “o’zbek jangarilar” deb atashadi. Buni ajnabiylarning aksariyati o’zini o’zbek deb tanishtirgani bilan izohlash mumkin, deydi Ahmed Rashid.

1990-yillarda va 2000-yillar boshida dunyoning bu qismlariga kelib o’rnashgan guruhlar ichida o’zbeklar ko’p bo’lgan. Ularning Afg’oniston va Pokistonda tug’ilgan va ulg’aygan avlodlari bugun qo’liga qurol olgan. Ularga o’zbek jangarilarining yangi avlodi deb qarashadi.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG