Breaking News

Zamon, tirikchilik va siyosat haqida Moskvadan bir o'zbek fikri


Rossiyada topilayotgan millardlab dollar O'zbekistonda millionlarni boqmoqda
Rossiyada topilayotgan millardlab dollar O'zbekistonda millionlarni boqmoqda
O’zbekistondan tashqarida pul topib, vatanidagi oilasini boqayotganlarning aksariyati Rossiyada. Rasmiy hisoblarga ko’ra ular ikki milliondan oshadi, norasmiy manbalar taxminicha esa hujjatsizlarini ham qo’shganda ular besh millionga yetadi. Har qaysi hisobda ham ular O’zbekiston aholisining katta qismi va yaqinlarining tirikchiligi ular yuborgan mablag’ga bog’liq. O’zbekiston rahbari Islom Karimov Rossiyada ko’cha supurib yoki boshqa qora ishlar qilib yurganlarni dangasa deb biladi, chunki uning nazarida ona yurtda ham ish ko’p.

"PREZIDENT KARIMOV BALKI HAQIQATNI BILMAS"

Biz bilan Moskvadan turib telefonda gaplashgan bir yosh o’zbekistonlik fikricha prezident asl holatdan bexabar bo'lsa ajabmas.

O’zini Kamron Mirpo’latov deb tanishtirgan 19 yoshli suhbatdoshimiz u singari migrantlarga rasmiy munosabatning salbiy ekanida prezidentni bevosita ayblamaydi. Lekin, deydi u, Rossiyada o’zbeklar ularning hukumati jim turgani uchun ham ko’proq tazyiqqa olinmoqda.

“Birinchi navbatda hukumat aybdor… Nega e’tibor berishmayapti? Mana Tojikiston ham harakat qilayapti-ku. O’zbeklar kvartiralarida qo’rqib o’tirishadi hozir kelib bizga nimadir qilishadi deb. Quldek yashayapti bu yerda o’zbek, bilasizmi?”

Suhbatdoshimiz deydiki, hech kim Rossiyaga vatandan qochib kelayotgani yo’q. O’zbekistonda ish yo’q, bor bo’lsa ham pora beribgina kirish mumkin. Odamlar majbur bo’lganidan yuribdi Rossiyada, xohlagani uchun emas. Oilam och qolmasin deydi.

“Qishloqlardagi sharoit oddiy misol. Na suv bor, na gaz bor, na svet bor, na ishlab chiqarish bor. Qayerga borib ishlash kerak? Bir oilani boqish uchun hozir 500-600 ming so’m bir oilaga yetmaydi. Eng katta muammo ish o’rinlarining yo’qligida, ayniqsa viloyatlarda. Prezidentga balki boshqacha informatsiya berilar. Hamma ishlaydi, qishloq xo’jaligida hamma ishlaydi deb informatsiya berishar… Aslida esa bekorchilik. Ish yo’q! Kartoshka ekib olgan foyda qayoqda-yu, Rossiyaga kelib topgan pulingiz qayoqda”.

Vatandoshlar ahmoq emas, deydi Kamron Mirpo’latov: “O’zaro gaplashganda, nega bu yerda yuribmiz deb bir-birimizdan so’raymiz. Qaniydi, vatanda sharoit bo’lsa, o’sha yerda ishlasak”.

O’qish – pul, ish – pul, hamma narsa pora evaziga qilinadi, bu hammaga ma’lumku, deydi Kamron.

“O’qishga kiraman desangiz, masalan, 10 ming dollar. Shuncha pul to’lab o’qishga kirib, to’rt yil o’qib, diplom olasiz-da, keyin yana falon pul to’lab ishga kirasiz. Keyin esa ketgan mablag’ni qoplash uchun pora olib, ish qilasiz. Mana shu narsaga qayta-qayta guvohmiz”,- deydi suhbatdosh.

GULNORANING MASHMASHASI

Rossiyada yurganlar O’zbekistondagi vaziyatni ziyraklik bilan kuzatayapti, ayniqsa Toshkentda boshlangan tekshiruvlar, prezident qizi Gulnora Karimova bilan bog’liq mashmashani. Chunki hamma yurt kelajagi qanday bo’larkin deb o’ylaydi, bu muhim axir, deydi Kamron Mirpo’latov. Migrantlar orasida doimiy mavzu.

Karimov haqiqatni bilmaydimi?
Karimov haqiqatni bilmaydimi?
“Bu yerdagi o’zbeklar orasida ikki turlicha fikr bor. Birinchisi, bu o’yin; prezident o’z qizini jazolayotganini ko’rsatib, o’zini oqlab, hukumatda qolmoqchi. Ikkinchi fikr – qizi haqiqatdan ham quyushqondan chiqib ketgan. Masalan, madaniyat va ta’lim vazirligi qilishi kerak bo’lgan ishlarni “Fond Forum” qilib kelgani… Nima uchun?”

Oddiy tadbirkorlik qilish juda qiyin hozir, deydi suhbatdosh. “Fond Forum” tadbirlarini ulardan majburan shilib olingan mablag’ evaziga uyushtirib kelgan. Masalan, “Fond Forum” ning “1000 ta to’y” loyihasi, deya hikoya qiladi u, o’zi guvoh bo’lgan voqealarga ishora qilib. Gulnora Karimova otasining orqasidan Gulnora Karimova bo’ldi. Prezidentning qizi bo’lmaganida u shunday nufuzga erisha olarmidi?

“Tadbirkor kelin-kuyovning kiyim-kechagini tekinga ta’minlashi kerak. To’yxonalar tekinga berilishi kerak. Lekin oxirida buning hammasi Gulnora Karimovaning tashabbusi, ishi deb ko’rsatiladi”.

YOSHLARGA QIYIN

O’zbekistonda aholini qiynab, ayniqsa yoshlarga nisbatan rasmiy majburiyatlar qo’yilishi haqida Kamron Mirpo’latov qator misollar keltiradi. Xususan kollejlarni bitirayotganlar ish topmaguncha diplom berilmasligi. Ular kimgadir pora berib, tanish-bilishi orqali “ishga qabul qilindi” degan xat ko’tarib kelmaguncha, hujjatini ololmaydi. Chunki tepadagilar yoshlar ish bilan ta’minlandi deb hisobot berishi kerak. Ish o’rinlari yaratmasdan, bir-birini aldab o’tiraverishadi, pulni yeb, deydi suhbatdosh.

Rossiyada millatchilik kuchayib bormoqda (suratni bossangiz kattalashadi)
Rossiyada millatchilik kuchayib bormoqda (suratni bossangiz kattalashadi)
“Bekorchi talaba qayerga boradi? Rossiyaga o’xshagan joylarga. Pul topish kerak, tirikchilik qilish kerak… Universitetga kiraman desangiz, pul kerak. Kontraktni to’lash kerak. Besh million so’m. Bu 1500 dollar degani… O’zi kirish uchun ham 5-6 ming dollar so’rashadi”.

Bugun Rossiyada ishlab yurib, shu yerda ham bilim olayotgan yoshlar bor, deydi Kamron Mirpo’latov. Bu yerdagi tartib-qoidalarga rioya qilib, to’g’ri yurib, halol mehnat qilib, oldinga qadam tashlayotganlar juda ko’p, deydi u.

Rossiyadagi o'zbeklar va vatandagi vaziyat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:25 0:00
Yuklab oling

KARIMOVGA ILTIMOS, VATANDOSHLARGA MASLAHAT

Vatandoshlarga bu yigitning maslahati albatta ehtiyot bo’lish, lekin eng avvalo Rossiyadagi sharoitga moslashish, chunki yoqadimi-yoqmaydimi, bu begona jamiyat. Siz esa shu yerdasiz. Zarur hujjatlarni olib, ro’yxatdan o’tib, mahalliy talablarga qarab yashash kerak. To’g’ri, deydi u, Rossiyada millatchilik ruhi baland, o’zbeklarni va boshqalarni kamsitishadi. “Lekin biz tartib-qoidani buzmasak, diskriminatsiyaga kamroq yo’l bergan bo’lamiz. Migrantlar huquq-tartibot organlariga pora berib, ularni ham o’rgatib qo’yishgan. Rus militsionerlar hatto o’zbekcha pul so’rashni biladi”.

Moskva (suratni bossangiz kattalashadi)
Moskva (suratni bossangiz kattalashadi)
Yaqinda Vladivostokda o’zbekistonlik bir homilador ayol hujjati va tibbiy sug’urtasi yo’qligi bois tug’ruqxonaga kiritilmagan. Shifokorlar avvalo unga yo’q demasligi kerak edi, deya fikr bildiradi Kamron Mirpo’latov, lekin farzand kutayotgan oilalar oldindan tayyorlanib, ro’yxatdan o’tib qo’yishi ham kerak. O’zbek ayoli shunday kamsitilgani juda achinarli hol, deydi vatandosh.

Kamron Mirpo’latovning prezident Islom Karimovga gapi bor: Yurtning bugungi ahvoli haqida har bir soha yuzasidan maksimal darajada haqqoniy informatsiya oling. Mendek yoshlar sharoit bo’lsa, vatanda jon deb ishlaydi. Biz dangasa emasmiz. Tirikchilik uchun shu yerdamiz.

Vatandoshlarga esa, ayniqsa, Rossiyada yurganlarga gapi shuki, o’zbeklarni madaniyatsiz xalq deb o’ylashlariga yo’l qo’ymang. Oddiy misol, metroga pul to’lab kiring, to’siqning ustidan sakramay. O’z ustingizda ishlang. O’z haqqingizni va qadringizni biling.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG