Amerikada minglab o’zbekistonliklar yashaydi. Grin karta olib kelganlar, o’qish yoki ish bilan kelib, shu yerda qolib ketganlar hisobiga har yili jamoa kengaymoqda. Ammo muammo shundaki, ular bir joyda yashamaydi, Amerika esa bepoyon. Farzandlar ulg’aysa yoki bu yerdagi yosh yigit-qizlar turmush qurishga ahd qilsa, bo’lajak turmush o’rtoq topish osonmas. Topishganlar esa to’yni Amerikada qiladi.
Shunday yoshlar bir-birini qanday topadi? Bu yerda ham sovchilikka borishadimi? Amerikadagi to'ylar va O'zbekistondagi to'ylar o'rtasida qanday farqlar va o'xshash jihatlar bor?
"Vashington choyxonasi" teledasturining navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik. Sovchilik va tanishuv xizmatlariga ehtiyoj borligi, shuningdek, Amerikadagi o'zbekistonliklar orasida ajrashish holatlariga nima sabab bo'layotgani kabi masalalar haqida ham gaplashdik.
Ko'rsatuvni quyida tomosha qiling.