Breaking News

O’zbekistonda afg’on tadbirkorlar uchun qanday sharoit yaratilgan?


O'zbekistonda biznes qilayotgan afg'on tadbirkorlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:49 0:00

O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida yuzlab afg’onistonlik tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ular qishloq xo’jaligi mahsulotlari, parrandachilik, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha o’zlarining fabrika, restoranlarini ochgan. Ular ichida Termizda mashhur bo’lgan restoranlar ham bor.

Termiz tumani hokimining xorijiy investitsiya bo’yicha o’rinbosari Shavkat Sattorovga ko’ra, afg’onistonlik tadbirkorlarning O’zbekistonda o’z faoliyatini boshlashi uchun bir qancha qulayliklar yaratib berilgan.

Ilgari hujjatlarni rasmiylashtirish uchun uch-to’rt oy vaqt ketsa, hozirda bir-ikki kunda tayyorlab berilmoqda.

“Surxondaryo viloyatida 300 dan ziyod afg’onistonlik tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Oramizda 10 kilometr masofa bor ekan, fabrikani shu yerda qurib mahsulotni olib borib eksport qilsa bo’ladi. Elchixonalarimizda tadbirkorlar uchun alohida sharoit yaratilgan, kelgan tadbirkorlarga, ular ovora bo’lmasligi uchun informatsiya beriladi. O’zimiz yonma-yon yurib tushuntirib beramiz”, - deydi Shavkat Sattorov.

O’tgan yili Termizda afg’onistonlik tadbirkorlarga tegishli 104 nodavlat shirkatlar ochilgan. 2019-yilda yana 30 dan ortiq korxona ro’yxatdan o’tgan.

Jarqo’rg’on tumanida 2017-yilning sentabrida ishga tushgan parrandachilik korxonasi mahsulotining 75 foizi Afg’onistonga eksport qilinadi. 150 ishchisi bor bu ferma kuniga 350 mingta tovuq tuxumi ishlab chiqaradi.

Faridullo Hasanzoda O’zbekistonga sarmoya olib kirgan tadbirkorlardan biri. U Termizda yangi restoran ochmoqda. “Kobuldarbor” deb nomlanuvchi bu restoranni ishga tushirish uchun 700 ming dollar sarflanishi rejalangan. Dunyoning turli davlatlariga xos bo’lgan taomlar tayyorlab, asosan xorijiy fuqarolarga xizmat ko’rsatish maqsad qilingan.

“Dunyoning barcha burchaklarida investorlar uchun yetarli sharoit yaratilib berilgan. Masalan, Turkiyada 250 ming dollar sarmoya olib kirgan tadbirkorlarga pasport sharoiti yaratib beriladi. O’zbekiston hukumati ham bizga “ishonchli hujjat” bo’yicha yordam bersa, bundan-da ko’proq tadbirkorlar sarmoya olib kelishi mumkin”, - deydi Faridullo Hasanzoda.

Afg’onistonning Termizdagi bosh diplomati Sangin Iskandariy bu borada shunday deydi:

“O’zbekistonda yangi rahbariyat ish boshlaganidan beri bu yerga afg’onlar ko’plab sarmoya olib kirgan. Buning sababi esa afg’onistonliklarga maxsus sharoit yaratilgani, viza qulaylashtirilgani sababchi bo’lgan”, - deydi Iskandariy.

Hozirgi kunda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan bir qator mahsulotlarni Afg’oniston bozorlarida ham uchratsa bo’ladi. Asosan oziq-ovqat.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG