Breaking News

O’zbekiston diplomati: Afg’oniston bilan hamkorlik yanada oshadi


O'zbekiston-Afg'oniston: Qo'shning tinch, uying tinch
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:20:10 0:00

O’zbekistoning Mozori Sharifdagi bosh diplomati Mirodil Abdurazzoqovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, ikki davlat aloqalari ravnaq topmoqda. Qo’shni davlatlar, ayniqsa Afg’oniston bilan hamkorlikni oshirish, deydi u, Toshkentning tashqi siyosatidagi asosiy vazifadir.

“Ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixida aloqalar bunchalik yuqori darajada bo’lmagan. O’ylaymanki, Afg’oniston-O’zbekiston aloqalari oliy darajada ketyapti. Kobuldagi elchixonamiz va Mozori Sharifdagi konsulxonamiz davlatimiz rahbariyati topshirig’iga banoan ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash yo’lida faol ish olib bormoqda”, - deydi Mirodil Abdurazzoqov.

Unga ko’ra mintaqaviy yirik iqtisodiy loyihalar amalga oshishi uchun birinchi galda Afg’onistonda tinchlik ta’minlanishi zarur.

Hozirgi kunda Hayraton-Mozori Sharif temir yo’llari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha maxsus harbiylar faoliyat yuritmoqda.

O’zbekiston diplomati mazkur temir yo’lni Hirot viloyati bilan bog’lash, Pokistongacha elektr energiyasini yetkazish bo’yicha ish ketayotganini aytadi.

Suhbatdoshning bildirishicha, ikki davlat orasidagi savdo aylanmasi hozirda 600 million dollarni tashkil etadi.

“Afg’onistonlik tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratilgan. Oldin 17-18 tashkilotga murojaat qilib, uch-to’rt oyda ro’yxatdan o’tish jarayoni bugunga kelib “Yagona Daricha” orqali bir kunda amalga oshmoqda”, - deydi konsul.

O’tgan yili Termizda afg’onistonlik tadbirkorlarga taalluqli 104 nodavlat shirkat ochilgan. 2019-yilning may oyigacha yana 27 ta shirkat, korxonalar ro’yxatdan o’tgan. Ayni damda Surxondaryo viloyatida chegaraoldi savdo zonasi ishga tushmoqda.

Har kuni 200-250 nafar afg’on sayohat va ish bo’yicha O’zbekistonga borayotgan bo’lsa, O’zbekistondan ham mutaxassislar, xususiy shirkatlarda ishlayotgan odamlar, mushtarak oila-qarindoshlar Afg’onistonga o’tadi.

Diplomatning aytishicha, xorijda yashovchi o’zbeklar uchun “Vatandosh” vizasi ustida ish ketmoqda, ushbu viza turi ko’p qulayliklar yaratishi mumkin. Viza joriy yilning iyulida ishga tushishi kutilmoda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG