Floridaning Panama Siti Bich shahri mehmonxonalar va sayyohlarga gavjum maskan. Shahar shovqini va kundalik tashvishlardan vaqtincha boshpana qidirib kelgan odamlar parhezni ham unutishga harakat qilishadi.
To’rt oy oldin Panama Siti Bichda kafe ochgan Asrol aka va uning hamkori ularga bu ishda yordam berishadi. Kafeda turli-turman shirinliklardan tashqari o’zbek taomlari ham tayyorlanadi.
AQShga 20 yil avval kelgan Asrol aka biznes yuritishda ko’p narsalarga e’tibor berish kerak, deydi.
Asrol akaning aytishicha, o’zbeklar amerikaliklardan farq qiladi.
Panama Siti Bichdan 75 kilometr narida Destin degan shaharcha joylashgan. AQShga 2001-yilda talaba bo’lib kelgan Munisxon Karimova so’nggi besh yildan beri zargarlik bilan shug’ullanadi – dur, marvariddan o’z qo’li bilan taqinchoqlar yasab sotadi.
Munisxon bunday hunarni o’zi egallagan - internet orqali, xorijiy sayohatlari paytida; xina qo’yishni biladi, rassomchilik sirlarini ham o’rgangan. Birinchi yasagan taqinchog’ini asrab qo’ygan.
Munisxon ham do’kon orqali, ham internetda savdo qiladi. Har kuni 3-5 ta original taqinchoq yasaydi. Har birini tayyorlash uchun 20 daqiqadan bir soatgacha vaqt ketadi.
Taqinchoqlar dizayneri ilhomni suv oldida olaman, deydi.
Munisxon to’rt farzandning onasi, hammasini yolg’iz o’zi voyaga yetkazmoqda. Ikki o’g’il va ikki qiz onaga ham malham, ham yordamchi.
Facebook Forum