Breaking News

AQShda emlashni paysalga solayotgan kasalxonalar jazolanishi mumkin


AQSh bo’ylab 15 million doza koronavirus vaksinasi tarqatilgan, biroq shuning uchdan bir qismigina ishlatilgan. Ayrim shtatlar emlash dasturini paysalga solayotgan kasalxonalar jazolanishini bildirmoqda.

Xalqaro hayot – 7-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:54 0:00

Amerikada aholi kutilganidan sustroq sur’atlarda koronavirusdan emlanmoqda. Ayrim shtatlar jarayonni tezlashtirishga harakat qilyapti. Masalan, Nyu-York gubernatori kasalxonalarni vaksinalarni bir hafta ichida ishlatishga chaqirmoqda.

"Emlashni o’z vaqtida amalga oshirmagan kasalxonalarga 100 ming dollargacha jarima solinishi mumkin. Vaksina kelishi bilan bir hafta ichida uni ishlatish zarur. Aks holda bunday kasalxonalarga vaksina berilmaydi”, - dedi Endryu Kuomo.

Gubernatorning aytishicha, kasalxonalar so’nggi 3 haftadan beri vaksina bilan ta’minlanmoqda, biroq odamlarga hozircha birinchi dozaning 46 foizigina taklif etilgan.

Nyu-York shtatida dekabr boshidan beri kasalxonalarga ikki baravar ko’p odam tushmoqda. Har kuni 8200 dan ziyod koronavirus bemori yotqizilmoqda. Virus yuqtirish sur’ati shtatda 27 foizga oshib, kuniga 13600 dan ko’p holat qayd etilmoqda.

Floridada esa odamlar emlanish uchun uzun navbatda turibdi. 65 va undan katta yoshdagilar va tibbiy xizmatchilarga navbatdan tashqari xizmat ko’rsatilmoqda.

Shtat gubernatori vaksinalar emlashni tez amalga oshirayotgan kasalxonalarga yetkazilishini ma’lum qildi.

Koronavirusdan eng katta zarar ko’rgan Kaliforniyada gubernator Gavin Nyusom jiddiy xavotir bildirdi.

“So’nggi 14 kunda 4000 ga yaqin kaliforniyalik nobud bo’ldi. Bu juda halokatli virus, halokatli pandemiya. Ayniqsa hozir har qachongidan halokatlidir”, - dedi u.

Hokimning aytishicha, Kaliforniya emlash dasturini tezlashtirishga harakat qilmoqda.

“Vaksinani tezroq tarqata boshlaymiz. Jarayon hozircha o’ta sust kechmoqda”, - dedi Nyusom.

AQShda salkam 21 million odamda koronavirus qayd etilgan bo’lsa, 370 mingdan ziyodi vafot etgan. Mamlakat bo’ylab shu onga qadar 4,6 millionga yaqin odam emlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG