Breaking News

IShiD Barselonadagi xuruj uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi


Barselona
Barselona

Ispaniyada kechagi terror xurujlariga aloqador shaxslar qidirilmoqda. Kambrils shahrida politsiya besh hujumchini otib o'ldirgan. Ular mashinasida besh fuqaro va bir politsiyachini yaralagan.

Bu voqeadan bir necha soat oldin Barselonada ham miniven haydovchisi ataylab odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 14 kishi halok bo'lgan, qariyb 100 kishi jarohatlangan edi.

O'zini "Islomiy davlat" deb targ'ib qiluvchi terrorchi guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan.

Van Runs Over People in Barcelona
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:58 0:00

Barselonadagi hujumdan keyin mashina haydovchisi qochib ketgan. Driss Oukabir ismli shaxs avtomobilni ijaraga olganligi ma'lum.

Aniqlanishicha, bu odam Ispaniyaning Afrikadagi anklavi bo'lgan Melilada tug'ilgan.

Kataloniya muxtor hududi ichki ishlar vaziri yaradorlardan ba'zilarining vaziyati og'ir ekanligini bildirib, qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytgan.

Politsiya, shuningdek, hujum bilan aloqador ikki kishining qo'lga olingani, bulardan biri marokashlik, boshqasi esa Ispaniyaning Afrikadagi hududi - Meliladan ekani va Ispan fuqarosi bo'lganini bildirgan.

Rasmiylar terakni "jihodchilar harakati" deb baholamoqda.

AQSh Prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyat vakillari hodisani keskin qoraladi.

US Officials Condemn Barcelona Van Attack, Offer Assistance to Spain
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG