Breaking News

AQSh va Venesuela shifokorlari hamkorlik qilmoqda


Venesueladagi tibbiyot markazi
Venesueladagi tibbiyot markazi

AQSh va Venesuela shifokorlari Venesueladagi bemorlarga birgalikda yordam berishga qaror qildi. Floridaning Geynzvil shahrida yashovchi shifokor Gabriela Blom va venesuelalik Alberto Panis-Mondolfi bu hamkorlikni boshlab berdi.

Xalqaro hayot - 16-aprel, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:53 0:00

Florida universiteti mutaxassislari Venesuela shifokorlariga kasalliklarni aniqlashda yordam bermoqda. Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz tufayli hukumat Venesuela ayni damda yuzlashayotgan kasalliklar haqida ma’lumot chop etishni to’xtatgan.

“Sog’liqni saqlash tizimini moliyalashdan to’xtashgani yaxshilikka olib kelmaydi. Bu turli kasalliklarning tarqalishiga olib keladi”, - deydi Florida universitetidan Jon Ledniki.

Venesuela shifokorlari laboratoriyalar ishi to’xtab qolganidan shikoyat qilmoqda. Doktorlar Gabriela Blom va Alberto Panis-Mondolfi epidemiologiya bo’yicha tadqiqotlarni davom ettirish, ilmiy va tibbiy izlanish olib borayotgan venesuelalik talabalarga ilm berish maqsadida “Venesuela ilmiy inkubatorini” yaratishga kelishib oldi.

“Zika virusi alomatlari bor bemorlardan namunalar olib, analiz uchun Florida universiteti laboratoriyasiga jo’natdik. Virus bor-yo’qligini shu tariqa diagnostika qilyapmiz”, - deydi Blom.

Namunalarning ba’zilari zika virusi borligini tasdiqladi, biroq Venesuela hukumati shifokorlarni aholini vahimaga solishga harakat qilayotganlikda ayblab, tadqiqotlarni to’xtatib qo’ydi.

Doktor Blom va doktor Panis-Mondolfi Venesuela uchun yangi tadqiqotchilarni tayyorlamoqda.

“Kasalliklarni aniqlash va bemorlarga tashxis natijasini tezroq berish uchun talabalarni tayyorgarlikdan o’tkazish juda muhim”, - deydi Blom.

Talabalar amerikalik mutaxassis bilan WhatsApp va Skype ilovalari orqali aloqa qilmoqda. Blom analiz natijalari, laboratoriyada ishlash uslubi va analiz olish yo’llarini ularga ko’rsatadi.

“Blom virusologiya sohasida bizga ko’prik vazifasini o’tayapti. Ayniqsa zika, denge, sariq isitma kabi arboviruslarni aniqlashda”, - deydi venesuelalik talabalardan biri.

Doktor Panis-Mondolfining aytishicha, talabalar laboratoriya uskunalari yo’q elektron sinflarda ilm o’rganmoqda.

“Ammo talabalarimiz Gabrielaning Amerikadagi laboratoriyasiga borsa, qo’liga qo’lqop kiyib, pipetka olib, tez ishga kirishib ketishiga ishonchim komil”, - deydi Panis-Mondolfi.

Venesuelalik shifokorlar va tibbiyot talabalari bir kun kelib o’z sinfxonalari ham to’liq jihozlanishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG