AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, Rossiya Venesueladan harbiylarini zudlik bilan chiqarishi kerak. Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi, o’zini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydoning rafiqasi Fabiana Rozalesni Oq uyda qabul qildi.
O’tgan hafta oxirida Rossiyaga qarashli ikkita harbiy yuk samolyotida Karakasga 100 ga yaqin harbiy va Mudofaa vazirligi rasmiysi yetkazildi.
Qo’shma Shtatlar va yana o’nlab boshqa mamlakat Guaydoni muvaqqat rahbar deb tan olgan, saylangan Prezident Nikolas Maduroni esa iste’fo berishga chaqirmoqda.
Rossiya esa Maduroni qo’llab-quvvatlamoqda. Tramp Maduro hukumatini Venesuelaga gumanitar yordam kirishiga to’sqinlik qilayotganlikda aybladi, Rossiya bu mamlakatdan chiqishi kerak, dedi.
“Chegara tomon yuz millionlab dollarga teng yordam yuborganmiz. Maduro uni qabul qilmayapti. Undan ko’ra xalqining och qolishini xohlayapti, shekilli. Bu na siyosiy tomondan, na diktator dunyoqarashi tomonidan to’g’ri ish”, - dedi Tramp.
Guaydoning rafiqasi Rozalesning aytishicha, Venesuelada shu kunlarda elektr quvvati va dori-darmonlar yo’qligi tufayli kasalxonalarda bolalar jon bermoqda, ochlikdan qiynalmoqda.
Guaydo tarafdorlarini shu shanba namoyishga chiqishga da’vat etdi.
Facebook Forum