Breaking News

5G asosida yaratilayotgan yangi mahsulotlar


5G texnologiyasi asosida yaratilayotgan mahsulotlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

5G simsiz aloqa tarmoqlari eng tez, eng ishonchlisi deya reklama qilinmoqda. Ammo tezlikdan tashqari bu texnologiya turli sanoatlar uchun nimani anglatadi? Nyu-Yorkda joylashgan inkubatorda startap bizneslar 5G asosida yangi mahsulotlar yaratmoqda.

“Evercoast” kompaniyasida ishlaydigan mutaxassislar uchun gologrammalar yaratish bir kunlik ish.

“Ushbu sensorlarning har biri kalibrovka qilingan va real vaqtda 3D maydonidagi har bir nuqtani topadi. Bu nuqtalardan jism shakllanadi”, - deydi kompaniya rahbari Ben Nunez.

“Verizon” kompaniyasi Nyu-Yorkda ochgan 5G laboratoriyasida bir necha startap ishlaydi. Ular bu yerda hozircha aksar aholiga yetib bormagan yangi avlod simsiz tarmog’idan foydalana oladi.

“Nazariyadan amaliy ishga o’tish kerak, to’g’rimi? Yengni shimarib, haqiqiy 5G tizimidan foydalangan holda muammolarga yechimlar topish kerak. Laboratoriyani shu maqsadda ochdik”, - deydi homiy "Verizon" kompaniyasi vakili Tobi Eduardo.

“Evercoast” jamoasi uchun ilgari gologrammalarni ishlab chiqishga yarim kun vaqt ketgan bo’lsa, hozir bir necha daqiqa kifoya. Bu “telehozirlik” kabi imkoniyatlarni beradi.

Ma’lumot va tasvirlarni yuqori tezlikda o’zlashtirish oziq-ovqat do’konida ham qo’l keladi. Xaridor allergenlar haqida bir pasda ma’lumot olishi mumkin.

“To’ldirilgan reallik texnologiyasi hozir ham bor, ammo bir vaqtning o’zida bir necha mahsulot tarkibini tekshira olmaysiz”, - deydi laboratoriya xodimi Zak Drossman.

5G nafaqat xaridor uchun foydali, balki qutqaruvchilar ishini ham osonlashtiradi.

“Qwake Tech” kompaniyasi yaratgan kaska teplovizor va to’ldirilgan reallik ekrani bilan jihozlangan. O’t o’chiruvchilarga tutun ichida ko’rishga yordam beradi.

“5G tarmog’ida informatsiya katta tezlikda harakatlanadi. Bu degani, bir necha o’t o’chiruvchi bir vaqtning o’zida ma’lumot almashib ishini bajara oladi. Ularning jihozlari axborotni jonli tarzda markazga ham yetkazib turadi”, - deydi "Qwake Tech" kompaniyasi vakili Mayk Ralston.

5G laboratoriyasida ijodkorlik va nou-xau kommunikatsiyaning yangi davrini boshlab bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG