Breaking News

O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Avstriya poytaxti Venada asoslangan. Ayni damda bu ittifoqqa Qozog'iston raislik qilmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Avstriya poytaxti Venada asoslangan. Ayni damda bu ittifoqqa Qozog'iston raislik qilmoqda.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Vena shahrida anjuman o'tkazar ekan, o'zbek muhojirlar namoyishga chiqib, ularning Qozog’istondan boshpana so'ragan yurtdoshlari vatanga ekstraditsiya qilinmasligini so'ramoqda.

Faollar 29 nafar o’zbekistonlik taqdiridan xavotirda. Huquq va erkinlikni targ'ib qilish asosiy vazifalaridan biri bo'lgan tashkilotga joriy yil Qozog'iston raislik qilmoqda.

O'zbekistonda e’tiqodi tufayli ta’qib etilib Qozog’istonga o'tgan bu insonlar uch oydan oshibdiki, Almatidagi turmada saqlanmoqda. Ular yurtiga qaytarilgan taqdirda qamoqqa olinishi mumkin.

O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda
O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda

"Amerika Ovozi" ayni damda Venada anjuman o'tayotgan saroy oldida piket qilayotgan faollardan biri, Ahmadjon ismli o'zbekistonlik bilan suhbatda bo'ldi. Uning aytishicha, hozircha rasmiylar ularning chiqishlariga biror bir munosabat bildirmagan.

"Lekin musulmon birodarlarimiz hali O'zbekistonga topshirilmagan ekan, biz doimiy umiddamizki, ularni ozod qilish yo'lida qilayotgan harakatlarimiz, insholloh, naf beradi.

O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda
O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda

Muhojirlar Yevropaning boshqa yirik shaharlarida ham namoyishga chiqqan. Xususan BMTning qator agentliklari joylashgan Jenevada.

"Qozog'istonda hibsda saqlanayotganlarning 17 nafari qochqinlik maqomi olgan edi. Lekin BMT O'zbekistonda shuncha zulmlar bo'layotganini ko'rib turib, ularni qaytib olgan",- deydi Ahmadjon.

"Men o'zim bir necha yillar O'zbekiston qamoqxonalarida azob chekib o'tirganman. Ana shu zulmlarni bu birodarlarimiz ko'rmasin deb shu harakatlarni qilayapmiz. BMT O'zbekistondagi ahvolni yaxshi biladi, u yerda axir xodimlari bor. Lekin afsuski o'zi bergan maqomini qaytib oldi".

O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda
O'zbek muhojirlar Venada namoyish qilib, Qozog'iston va xalqaro hamjamiyatdan adolat, muruvvat so'ramoqda

Qozog'iston rasmiylari bu chiqish va talablarga javob bermayapti.

"Biz Venada mana shu saroy oldida Qozog'iston va O'zbekiston delegatsiyalarini ko'rdik. Kirib chiqib yurishibdi. Oldimizdan o'tib ketishdi. Yonimizda turib, qo'limizdagi shiorlarimizni o'qib, suratga olib ketishdi. Lekin biror narsa deyishmadi. Qozog'iston hukumatiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lgan, oppozitsiyadagi insonlar bizga hamdardlik bildirishdi. Bizlarni qo'llab quvvatlab, bu ishni davom ettirishga undashdi",- deydi Ahmadjon.

"Qozog'iston agar o'zbek qochqinlarni vataniga qaytarsa, juda katta xato qilgan bo'ladi. Xalqaro qonunlarga xilof ravishda ish tutgan bo'ladi",- deydi muhojir.

XS
SM
MD
LG