Breaking News

“Amerika Ovozi” 70 yoshda


"Amerika Ovozi" diktori Robert Bauer, 1942-yil
"Amerika Ovozi" diktori Robert Bauer, 1942-yil

“Amerika Ovozi” ish boshlaganiga shu kunlarda 70 yil bo’ldi. 1942-yilda ilk bor efirga chiqqanida bu tashkilot jurnalistlari xush xabarmi, shum xabarmi, sizga haqiqatni aytamiz deya so’z bergan.

1942-yilning fevralida Nyu-Yorkdagi kichik bir studiyadan nemis tilida uzatildan ilk eshittirishda amerikalik jurnalist Vilyam Xarlan Xeyl shunday degan edi:

“Bu Amerika Ovozi. Har kuni shu vaqtda sizga Amerika va urush haqida axborot beramiz. Xush xabarmi, shum xabarmi, sizga haqiqatni aytamiz”.

Yaponiya Gavayi orolidagi Perl-Xarbor harbiy bazasiga hujum qilgach, AQSh urushga qo’shilgan murakkab bir davr edi. Amerika hukumati Germaniya, natsizm va fashizmga qarshi kurash yo'lida bu axborot vositasiga asos soladi.

TARIXIMIZGA NAZAR:


Bugun “Amerika Ovozi” radio, internet va televideniye, qolaversa sun’iy yo’ldosh va ommabop saytlar orqali 43 tilda ma’lumot uzatuvchi global tuzilma. Dunyo bo’ylab haftasiga taxminan 141 million odam uni tinglaydi va tomosha qiladi.

“Ammo sizga haqiqatni yetkazamiz degan shiorga hamon sodiqmiz”, - deydi “Amerika Ovozi” rahbari Deyvid Ensor (David Ensor).

Deyvid Ensor, "Amerika Ovozi" direktori
Deyvid Ensor, "Amerika Ovozi" direktori
Tashkilotning Vashingtondagi idorasida 70 yillik yubiley tantanasida so’zlagan Deyvid Ensor yopiq, repressiv jamiyatlarga axborot uzatish bosh maqsad ekanini eslatib, yangidan-yangi dasturlar ustida ish ketayotganini aytdi.

Biz sizga nafaqat Amerika siyosati va hayoti haqida ma'lumot beramiz, balki sizning hayotingiz bilan bog'liq bo'lgan muhim voqealarni, xalqaro munosabatlar, muammo va yutuqlarni ham yoritamiz.

“Amerika Ovozi” AQSh Kongressi har yili ajratadigan mablag' asosida ishlaydi, ammo zimmamizga xolis va ishonchli axborot tarqatish mas'uliyati yuklangan. Yangiliklarni yoritar ekanmiz, hammani birdek savolga tutamiz, shu jumladan Amerika hukumatini ham tanqid qilamiz.

Faoliyatimizga o'zingiz har kuni, har hafta baho berishingiz mumkin. Internetdagi saytimiz sizga muntazir. Maqolalarimizni o'qib, lavhalarimizni tinglab tomosha qilishingiz, boshqalar bilan fikr almashishingiz mumkin.

“Amerika Ovozi” 70 yoshda
“Amerika Ovozi” 70 yoshda
Saytimizga O'zbekistonda to'siqlar qo'yilgan. Shu bois muqobil adreslar taklif qilamiz, masalan vatan.me yoki xalq.me

Ular ishlamasa, biz bilan bog'laning, yangi manzilni ko'rsatamiz.

Bu adreslarni ishlatayotganingizda Psiphon degan programma chiqadi. Bu saytimizga kirishning oson va xavfsiz yo'li.

“Amerika Ovozi” deb qidirsangiz, teledasturlarimizni YouTube singari video manbalardan ham topasiz. Shuningdek, rus tilidagi Moi Mir va VKontakte, qolaversa G'arbda asoslangan Facebook va Twitter kabi ommabop sahifalarda ham bormiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG