Breaking News
Din

Vashingtondagi milliy ibodatxonada juma namozi o'qildi


Vashingtondagi milliy ibodatxonada juma namozi - Muslims/Cathedral
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

Vashingtondagi milliy ibodatxonada juma namozi - Muslims/Cathedral

Vashingtondagi milliy ibodatxonada juma namozi o'qidi. Ibodat uchun yig'ilganlarni bosh ruhoniy Gina Kempbel kutib oldi. Uning aytishicha, Vashington milliy sobori barcha odamlar ibodat qiladigan joy.

"Bag'rimizni ochib, rahm-shafqat so'raylik. Chunki hammamiz bitta xudoga sig'inamiz", - dedi Kempbel.

Juma xutbasini Janubiy Afrika davlati elchisi Ibrohim Rasul o'qidi. U Amerikada mavjud diniy erkinlikni olqishlab, ektremizmni, xususan, Yaqin Sharqda nasorolarni qirayotgan jangarilarni keskin qoraladi.

"Agar biz ularni cherkovlarda to'xtatmasak, ertaga ular masjidlarga ham kirib keladi", - dedi imom.

Cherkovning ulkan shifti ostida musulmonlar uchun joynamozlar yozildi.

Ibodatxona yetakchilari hamda bu yerga yig'ilgan musulmonlar bunday juma namozlari dinlararo birodarlikni kuchaytirishga xizmat qilib, nafrat va zo'ravonlikni oqlash uchun dindan foydalanayotgan ekstremistlarning yo'lini to'sishiga umid bildirdi.

Vashington milliy ibodatxonasi
Vashington milliy ibodatxonasi

Cherkov eshiklari musulmonlar uchun ochilar ekan, qiblaga yuzlangan holda hamda cherkov ichidagi xoch va boshqa nasorolik ramzlari ko'rinmaydigan qilib joynamozlar to'shaldi.

Vashington cherkoviga milliy ibodatxona nomi berilgan bo'lsa ham, u rasman hukumatga qaramaydi. Chunki konstitutsiya bo'yicha davlatning biror cherkovga egalik qilishga haqqi yo'q. Lekin xususiy mablag'lar hisobiga faoliyat yurituvchi cherkovda tez-tez rasmiy hukumat tadbirlari bo'lib turadi. Bu yer prezidentlik inaguratsiyalari hamda dafn marosimlariga ham guvoh bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG