AQSh iqtisodiyotida yuk mashinalarining o'rni katta. Chunki iste'molchi qo'liga yetib boradigan istalgan mahsulot borki, hammasi AQShning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga, asosan, yuk mashinalari orqali tashiladi. Yiliga ushbu biznesda milliardlab dollar pul aylanadi.
AQShda yashovchi o'zbekistonliklar orasida yuk mashinasi haydovchisi bo'lib ishlaydiganlar yoki shu biznes bilan shug'ullanuvchilar ko'p. Missuri shtatida yashovchi Bobur Hasan ana shunday tadbirkorlardan biri.
Biz uni "Vashington choyxonasi"ga taklif qilib, AQShda yuk tashish biznesida ishlashning o'ziga xos jihatlari va mashaqqatlari haqida gaplashdik. Shuningdek, bu sohada yuz berayotgan texnik o'zgarishlar hamda talablar haqida ham suhbatlashdik.
Quyida suhbatimizni tomosha qiling.
Facebook Forum