Yer yuzida aholi ko’payar ekan, obi-hayotga ham ehtiyoj oshib bormoqda. Worldwatch tadqiqotlar instituti mutaxassislariga ko’ra, oziq-ovqat, energiya va sanoat sohalarining rivojlanishi hamda iqlim o’zgarishi oqibatida suv tanqisligi muammosi chuqurlashadi.
Worldwatch instituti ma’lumotlariga ko’ra, milliardlab odamlar suv taqchilligiga yuz tutmoqda. Dunyo aholisi ko’payar ekan, muammo ham dolzarblashadi, deydi institut vakili Supriya Kumar.
“1,2 milliarddan ziyod odam suv zaxiralari kam joylarda, masalan, cho’llarda yashaydi. Yana 1,6 milliard odam iqtisodiy jihatdan suv taqchilligiga uchragan. Bu juda katta raqamlar. Aholi ko’payar ekan, muammolar ham ko’payaveradi. Odamlarni suv bilan ta’minlash uchun jiddiy choralar ko’rish zarur”.
Yaqin Sharq, Xitoy shimoli va shimoli-g’arbiy Hindistonda suvning tabiiy manbalari kam. Bu holda biz jismoniy taqchillik haqida gapiramiz, deydi Kumar. Ammo ayrim hududlarda iqtisodiy taqchillik kuzatiladi. Masalan, Afrikaning kattagina qismida suv manbalari ko’p bo’lsa-da, odamlarga suvni yetkazib beradigan inshootlar yetishmaydi.
Muammolarni turli darajada hal etish kerak, deydi suhbatdosh.
“Mahalliy darajada suvni jamlash, ishlatilgan suvni tozalab, qayta foydalanishga ko’proq mablag’ ajratish kerak. Masalan, qishloq xo’jaligi va sanoatda suv qayta ishlatilishi mumkin”.
Milliy darajada hukumatlar suv taqsimotiga oid puxta dasturlar ishlab chiqsin, deya tavsiya beradi Worldwatch instituti mutaxassisi.
“Masalan, Hindistonda fermerlarga kuniga 24 soat elektr tokidan bepul foydalanish uchun subsidiyalar ajratiladi. Natijada dehqonlar suvni o’ylamay sarflayveradi, vaholanki, bu yerosti suvlarining kamayishiga olib kelyapti”.
Global miqyosda sarflanayotgan suvning 70 foizi qishloq xo’jaligi, 19 foizi sanoatda va yana 11 foizi shaharlar uchun ishlatiladi. Eng ko’p suv sarflaydigan mamlakatlar – Hindiston, Xitoy va AQSh.
Daryo va ko’l kabi suv manbalari bir mamlakat hududida boshlanib, boshqasida davom etishi mumkin. Bunday hollarda davlatlar mintaqaviy shartnoma tuzib, suvni adolatli taqsimlashi kerak, deydi Kumar. Aks holda mintaqaviy tinchlikka xavf tug’iladi.
Iqlim o’zgarishi oqibatida daryo va dengizdagi suv sathining, yog’ayotgan yomg’ir hajmining o’zgarishi ham mintaqaviy va global xavfsizlik uchun tahdid. Oziq-ovqat sanoatiga ham ta’sir qiladi bu, deydi Kumar.