1972-yilning 17-iyunida sodir etilgan o’g’rilik Richard Niksonni AQSh prezidenti degan lavozimdan ayirgan. Demokratik Partiyaning Vashingtondagi qarorgohi, “Votergeyt” binosiga yashirin kirib, saylovoldi rejalarini tinglash uchun audio vositalar o’rnatiladi.
Respublikachi Nikson partiyadoshlarining bu qilmishini bilsa-da, ularni qaytarmaydi. “Vashington Post” gazetasining ikki yosh jurnalisti jinoyatchilar izidan tushib, voqeani fosh etadi va 1974-yilda Nikson Oq Uyni bo’shatishga majbur bo’ladi.
Bu kunlar tarixga “Votergeyt mashmashasi” degan nom ostida kirgan.
Richard Nikson AQShda prezidentlikni muddatidan oldin tark etgan yagona shaxs.
Omma hayratda, lekin ikki yil davom etgan tergov ishlarini xalq yaqindan kuzatgan.
“Votergeyt” Demokratik Partiyaning bosh idorasi edi. Politsiya u yerda besh kishini qo’lga olgan. Boshida oddiy o’g’rilik deb qaralgan bu holatga.
Idoraning buzilgan eshigi hozir Vashingtondagi jurnalistika muzeyida ko’rgazmada.
Kerri Kristoffersen, bu maskan xodimi.
“Bu oddiy eshik emas… Xavfsizlik xodimlari uning ochilganini sezib qolib, o’g’rilarning iziga tushgan. “Votergeyt” eshigi bu. Bu esa mehmonxona yoki boshqa joy emas, siyosiy idora edi. Prezidentga qimmatga tushgan” .
“Vashington Post” gazetasining ikki yosh muxbiri Bob Vudvord va Karl Bernshteyn bugun afsonaviy jurnalistlar. Nima bo’lganini aynan ular yoritgan.
Bob Vudvord 40 yil oldingi voqealarni yaxshi eslaydi:
“Mamlakatimizdagi erkin saylov tizimini barbod etishga harakat qilgan insonlarni aniqlaganmiz. Demokratik Partiya faoliyatini maxfiy kuzatgan shaxslar edi ular”.
Nikson o’zini aybsiz deb bilgan.
“Xalq prezident kimligini yaxshi bilishi kerak. Men jinoyatchi emasman”,- degan u.
“Votergeyt mashmashasi” haqida Gollivud ko’plab filmlar ishlagan. Eng mashhuri - “Prezidentning odamlari” .
40 yildirki, bu voqea yuzasidan bahsu-tortishuvlar tinmaydi. Unda qatnashgan odamlar qahramon.
Bob Vudvord va Karl Bernshteyn jurnalistika, xususan tadqiqotchi muxbirlar nimaga qodirligini isbotlab bergan yetuk mutaxassislardir.
“Votergeyt” bugun ham turibdi. Siyosatga qiziqqanlar uchun bu imorat buyuk mashmashalardan birini eslatadi, shuningdek, erkin matbuot qanchalik qudratli ekanini.