Breaking News

Dunyo aholisining bir foizi jami boyliklarning 50 foiziga egalik qiladi


2016-yilda dunyo aholisining bir foizi egalik qiladigan boylik miqdori yer yuzidagi boshqa 99 foiz odam qo'lidagi mol-mulkdan ko'p bo'ladi. Qashshoqlikka qarshi kurashuvchi "Oxfam" guruhi e'lon qilgan hisobot shu haqda xabar beradi.

Guruhga ko'ra. odamlar orasidagi mulkiy notenglik tobora kengayib, qashshoqlikka qarshi global kurashning samarali kechishiga to'sqinlik qilmoqda.

Dunyodagi har to'qqiz odamning bittasi to'yib ovqatlana olmayotgan bir paytda boylar va kambag'allar o'rtasidagi bo'linish tobora kengayib bormoqda, deydi "Oxfam" vakili Maks Lovson.

Hisobot jahonning iqtisodiy va siyosiy yetakchilari Shvetsariyada bo'lib o'tadigan Davos forumiga yig'ilishi arafasida e'lon qilindi. Faollar yetakchilarni tobora kuchayib borayotgan notenglikka jiddiy e'tibor qaratib, boylarni ko'proq soliqqa tortishga chaqirmoqda.

"Oxfam" keltirgan ma'lumotga ko'ra, dunyoning bir foiz eng boy aholisi yerdagi butun boyliklarning 48 foiziga egalik qiladi. Bu miqdor kelasi yili 50 foizga ko'tarilishi kutilyapti.

Londondagi Ta'lim instituti professori Endi Grinning aytishicha, boylarning hukumat siyosatiga ta'sir o'tkazishi ham kuchayib bormoqda.

"Katta korporatsiyalar hozir ulkan lobbichilik qudratiga ega. Hukumat tomonidan nazorat o'rnatilishiga va tartib-qodalar kiritilishiga qarshilik kuchli", - deydi u.

Germaniyadagi Freyburg universiteti professori Tim Kriger esa boylikdagi tengsizlik hamda zo'ravonlik, jumladan, terrorizm o'rtasida bog'liqlik borligiga e'tibor qaratadi.

“Even religious terrorism has a strong economic component. So you use the religion as a vehicle to express your dissatisfaction with the political situation, with the economic situation. And here inequality comes into play.”

Analysts say one of the regions where growing wealth inequality has driven social unrest in recent years is southern Europe.

"Hatto diniy terrorchilikning ham iqtisodiy sabablari bor. Mavjud siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan noroziligingizni din yordamida ifodalashga urinasiz", - deydi u.

Tahlilchilarning aytishicha, iqtisodiy notenglik sabab so'nggi paytlarda, ayniqsa, janubiy Yevropada ijtimoiy beqarorlik kuchaymoqda.

XS
SM
MD
LG