BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Deyvid Bizlining aytishicha, dunyoni nafaqat koronavirus pandemiyasi, balki ochlik pandemiyasi ham qamrab olmoqda.
Bizli bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashiga so’zlagan. Uning aytishicha, ochlik muammosi koronavirus paydo bo’lmasidan oldin ham dolzarb edi.
“2020-yil Ikkinchi jahon urushidan beri eng yomon gumanitar ofatga yuz tutadi”, - dedi u.
Urushlar, tabiiy ofatlar, iqtisodiy inqirozlar va Afrikada chigirtkalar o’rdasi ochlikka sabab bo’lmoqda.
Bizlining aytishicha, dunyoda 821 million kishi och yotadi. COVID-19 kasalligi esa odamlarning ishsiz qolishiga sabab bo’lib, qo’shimcha 130 million odam yil oxirigacha ochlikka yuz tutishi mumkin.
Koronavirus yuqtirib, ayni paytda davolanayotgan Bizliga ko’ra, 35 dan ortiq mamlakatlarda bu muammo ayniqsa keskin bo’lishi kutilmoqda.
Facebook Forum