Breaking News

Iftor Oq uyda Bill Klinton davridan beri o'tkaziladi


Oq uy, 22-iyun, 2015
Oq uy, 22-iyun, 2015

AQSh Prezidenti Barak Obama 22-iyun kuni Oq uyda iftor dasturxoni yozib, dunyoning bir yarim milliard musulmonini muqaddas oy bilan qutladi.

Oq uyda iftorlik, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:32 0:00

Prezidentning aytishicha, bu iftor dasturxoni vijdon erkinligi kabi amerikaliklarni birlashtiradigan muhim qadriyatlarni yana bir bor yodga olish imkoniyatidir.

Ramazon oyi davomida musulmonlar sahardan shomgacha ro'za tutadi.

Oq uyda iftor berish an'anasi Prezident Bill Klinton davrida boshlangan. Tadbirda musulmon mamlakatlar elchilari, siyosatchilar hamda faol musulmonlar qatnashadi.

Prezident Obama qurbonlik, sabr, mashaqqat va ahd kabi Ramazon qadriyatlarini bugungi dunyo yuz tutib turgan muammolarni yengishda ham muhim ekanini ta'kidladi. Unga ko'ra, bular barcha amerikaliklarni birlashtiruvchi omillardir.

"Bular biz muqaddas sanaydigan ozodlik kabi oliy qadriyatlardir. Ular hozir har qachongidan ham muhimroq, chunki din, irq yoki mazhab nomidan bizni bo'lishga urinmoqda", - dedi u.

Bundan, ayniqsa, AQSh musulmonlari minnatdor, chunki ularda o'zlarini Amerika jamiyatining ajralmas qismi deb bilish hissi ortadi, deydi Vashingtondagi Islomiy markaz rahbari imom Abdulloh Xuj.

"Biz AQShda yashaymiz - buyuk davlat. Bu buyuk davlatning rahbari odamlarning ro'za tutayotganini e'tirof etib, ularning hissiyotlariga sherik bo'lmoqda. Ayni paytda ularga mamlakatning ajralmas bir qismi sifatida munosabatda bo'lyapti", - deydi imom.

Har oqshom AQShning yuzlab masjid va islomiy markazlarida iftorlik dasturxoni yozilib, taroveh namozlari o'qilmoqda.

Tadbirkor Ali Gamay Ramazon oyining musulmonlar uchun o'ziga xos davr ekanini tilga iladi.

"Ramazon oyidagi tungi ibodat taqvo ramzi bo'lib, gunohlar uchun tavba qilish imkoniyati hamdir. Har kecha Qur'ondan bir pora o'qiymiz. Ramazon oyining oxirigacha muqaddas kitobning barcha 30 porasini tugatamiz", - deydi u.
Amerikalik musulmonlar AQSh Konstitutsiyasida ta'minlangan huquqlardan, jumladan, din erkinligi huquqidan foydalanadi. Aida Madi ismli musulmon Ramazonni shukronalik oyi deb ataydi.

"Biz har kecha ibodat qilib, Allohga shukr qilamiz. Bu menga Shukrona bayramini eslatadi. Xudodan minnatdorman, chunki u bizga 30 ta shukrona kunini bergan. Biz qashshoq odamlarga yordam beramiz, ro'za tutganda ularning ahvoli qanday ekanini his qilamiz", - deydi u.

AQShdagi va butun dunyo bo'ylab musulmonlar bu oy kam ta'minlangan odamlarga yordamni yanada oshiradi. Amerikalik Dina Muhammad ham shu ishga bel bog'lagan.

"Shu shanba biz bir do'stimizning uyiga yig'ilib oziq-ovqat yig'moqchimiz. Keyin shaharga borib uysiz odamlarga tarqatmoqchimiz", - deydi u.

Ramazon musulmon bo'lmagan amerikaliklarga islom dinini tanitish imkoniyati hamdir. Islomiy markazda yoziladigan iftor dasturxoniga va dinlararo muloqotlarga o'zga e'tiqod vakillari ham taklif qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG