Breaking News

Oq uy migrant bolalarni joylashtirish bilan ovora


AQShning janubiy chegarasida migrantlar to’planib borarkan, Bayden ma’muriyatidan, ayniqsa bolalarga kelganda vaziyatni hal qilish uchun tezroq qaror qabul qilish talab etilmoqda.

Xalqaro hayot – 22-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

“Ularga gapimiz aniq va ravshan: “Bu yerga kelmang. Chegara yopiq. Qulf ostida””, - deydi AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.

Oq uy ma’muriyatiga ko’ra, pandemiya paytida AQSh tomon safarga chiqishning mavridi emas. Chegarada to’planganlarning katta qismi oilasiz. Bundaylar ortga qaytarilmoqda. Oilalar ham. Biroq yo’lga yolg’iz chiqqan minglab bolalar chegarada ushlab turilibdi.

Bayden ma’muriyati ularni uy-joy bilan ta’minlashga qiynalmoqda. Oq uy Tramp ma’muriyati paytida ishdan chiqarilgan migrantlar hujjatlarini ko’rib chiqish tizimini qayta tiklash kerakligini bildirmoqda.

“Chegaralarimiz tomon kelayotgan yordamga muhtoj bolalar ehtiyojlarini qondirish uchun tizimni qayta ishga tushiryapmiz”, - deydi vazir Mayorkas.

Ayrim respublikachi qonunchilarga ko’ra, Bayden ma’muriyati qarama-qarshi bayonotlari bilan hamda sobiq prezident Donald Trampning siyosiy boshpanaga ariza bergan migrantlardan sud qarorini Meksikada kutishni talab qiluvchi siyosatiga barham berish orqali shunday vaziyatni keltirib chiqargan. Tramp siyosati Gonduras, Gvatemala va boshqa mamlakatlardan AQShga bormoqchi bo’lgan odamlarni fikridan qaytargan, deydi ular.

“Vaziyat yanada yomonlashadi. Ancha yomonlashadi. Bahorda, yozda yanada ko’p odam kela boshlaydi. “Bizda yangi prezident saylandi, kelaveringlar, odam savdogarlariga ham ish topildi” degan ma’noda bayonotlar yangramoqda. Yozgacha bir million odam mamlakatimizga kirishga urinib ko’radi”, - deydi respublikachi kongressmen Maykl Makkol.

Oq uy ma’muriyati bolalar uchun uchta yangi boshpana ochib bergan. Qo’shimcha inshootlar qachon ishga tushishi hozircha ma’lum emas. Qonunga ko’ra, sud bolalarni 72 soat davomida ushlab turishi mumkin, xolos, shundan keyin ular maxsus boshpanaga ko’chirilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG