Juma kuni kechki payt bir kishi Oq uyga ruxsatsiz kirib borgan. Maxfiy xizmatning bildirishicha, u qo’radan oshib tushgan.
Bu payt prezident Barak Obama va uning oilasi Oq uyda bo’lmagan. Biroq xodimlar imoratdan vaqtincha evakuatsiya qilinib, inshoot ko’zdan kechirilgan.
Ma’lum bo’lishicha, bostirib kirgan odam 42 yoshli Omar Gonzalez, Texas shtatidan. Oldida pichog'i bo’lgan. Hozirda kasalxonada. Yurak va ruhiy kasalliklardan azob chekayotgan fuqaro, deydi rasmiylar.
Ayni damda Oq uy atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.