Qishloq xo’jaligini kengaytirish Amerikadek dunyoda eng katta qishloq xo’jaliga ega davlatda ham dolzarb masala. Yangidan yangi yo’nalishlar kashf etiladi. Oregon shtatida azaldan vinochilik bilan shug’ullangan fermerlar endi marixuana eka boshlagan. Qonuniy biznes.
Oregon vodiylarida yetishgan uzumlar yuqori sifatli vinolarga aylanadi.
Bu yerning tabiati yana bir o’simlik uchun ayni muddao. Oregon boshqa 26 shtat va poytaxt Vashington singari marixuanaga ruxsat bergan.
Bill Stil bu narkotik ekin uchun o’tgan yili yer ajratdi. Yetishtirayapti.
“Tibbiy mahsulot. 30 ta ekdim o’tgan yili. Besh xilidan bor. Bu yili ikki karra ko’proq hosil olmoqchiman”, - deydi Bill.
Marixuana kuchli narkotik emas, buning ustiga foydali, deydi Ketrin Brayan.
“Bu ekin ham uzum va boshqa narsalar singari mehnat va qulay sharoit talab qiladi. Tajribaga egamiz. Vino biznesi bilan shug’ullanib, ko’p malaka orttirganmiz. O’xshash jihatlari talay”, - deydi Ketrin.
Ammo muammolar ham yo’q emas. Marixuananing hidi o’tkir. Uzumlarga ta’sir qiladi. Buning ustiga marixuana yetishtirish uchun ko’p suv kerak.
Barbara Stil umidga to’la. Har ikkisini eplamoqchi.
“O’lkamizning iqlimi bu ekinlar uchun juda mos. Shunday ekan, yo’lini topamiz va har ikkisini yetishtirib, mo’l hosil olamiz. Bunga ishonchim komil”.
Oregon vino sanoati yiliga 100 million dollar daromad qiladi. Marixuanadan tushgan pul hozircha hisobda emas.
Facebook Forum