Breaking News

Olimpiada yakunlandi, Shimoliy Koreya AQSh bilan muloqotga tayyor


Shimoliy Koreya delegatsiyasi Qishki Olimpiya o'yinlari yopilish marosimida, 25-fevral, 2018-yil.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi Qishki Olimpiya o'yinlari yopilish marosimida, 25-fevral, 2018-yil.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o'tgan Qishki olimpiadani "yangi ufq o'yinlari" deb atadi va 25-fevral kuni uning yopilganini rasman e'lon qildi.

Qo'mita prezidenti Tomas Bax Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarining ochilish marosimida birga chiqqanini olqishladi.

"Siz bugungi mo'rt dunyomizda sport odamlarni qanday birlashtirishini ko'rsatdingiz; sport qanday ko'prik qurishini namoyon qildingiz", - dedi u.

Yopilish marosimida Bax Olimpiya bayrog'ini Pekin meriga topshirdi. 2022-yilgi Qishki olimpiada Xitoy poytaxtida bo'ladi. 2008-yilgi Yozgi olimpiadaga ham Pekin mezbonlik qilgan edi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp yopilish marosimida qatnashdi. U Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In va Shimoliy Koreya Ishchilar partiyasi markaziy qo'mitasi rahbari o'rinbosari Kim Yon Chol bilan bir qatorda o'tirdi.

Ayni paytda Olimpiadaning so'nggi kunida Shimoliy Koreya delegatsiyasi Vashington bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini ma'lum qildi.

"Qulay vaqt bo'lishi bilan Shimoliy Koreya va AQSh o'rtasida konstruktiv muloqot boshlanishidan umidvormiz", - dedi Janubiy Koreyaning Birlashish vazirligi so'zlovchisi Bayk Ta-Xyun.

Pxenyan va Vashington muzokaralari qanchalik jiddiy tus olishi noma'lum. AQSh Shimoliy Koreya bilan muloqotga kirishish va sanksiyalarni yumshatish uchun orol davlat yadro dasturidan voz kechishi kerakligini ta'kidlab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG