Breaking News

Qamoqdan chiqib oliy ta'lim olayotgan ayollar


AQShdagi xotin-qizlar qamoqlaridan biri
AQShdagi xotin-qizlar qamoqlaridan biri

AQSh qamoqlarida jazo muddatini o’tayotgan va shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan xotin-qizlar soni bir milliondan ziyod. Ularning uchdan bir qismi butunlay ozod etilganidan so’ng yana jinoyatga qo’l urib, qayta qamaladi.

Qamoqdan keyingi hayot, ayollar misolida, Navbahor Imamova hikoya qiladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

Bedford Xills Nyu-York shtatida ayollar uchun eng yirik qamoqxona. Xavfsizlik choralari juda qattiq.


Mahbuslarning uchdan bir qismi savodsiz. Lekin jazoni o’tayotgan xotin-qizlar o’rta va oliy ta’lim olish imkoniga ega, mana bunday auditoriyalarda…

Bundan 15 yil oldin bank cheklarini soxtalashtirgani uchun qamalgan Vivian Nikson Bedford Xillsda jazo muddatini o’tagan.

O’shanda u sobiq mahbuslar uchun maxsus ta’lim dasturi borligi haqida eshitgan. Programma unga juda ma’qul bo'lgan.

Kollej va jamoa uyushmasi, sobiq mahbuslarga yordam beradi
Kollej va jamoa uyushmasi, sobiq mahbuslarga yordam beradi
“Men azaldan kollejda o’qishni xohlardim. Tahsil olaman, deganman, lekin ma’lum sabablarga ko’ra, o’qishimni tugata olmaganman. Bir necha yil qamoqda o’tirib ozodlikka chiqqanimdan keyin shunday ajoyib bir tashkilot borligi haqida eshitdim. U sobiq mahbuslarga kollejda tahsil olishda yordam berar ekan”.

Kollej va jamoa uyushmasi nomli ushbu tashkilot 2000-yilda ta’sis etilgan.

“Menga va, nazarimda, butun dunyoga shunday - odamlar orzu-umidlarini amalga oshirishda yordam beradigan bir tashkilot kerak edi. Umid qil, o’zingga ishon, orzuingni boy berma, deydigan, restoran yoki mehmonxonada oddiy ishchi yohud farrosh bo’lib ishlashni xohlamasang, Nyu-York ko’chalarini supurishni istamasang, boshqa narsani orzu qil, biz esa senga yordam beramiz, deydigan tashkilot kerak edi”, - deydi Nikson.

Qamoqdan ozod etilganidan keyin ish va uy-joy topishda yordamlashadigan tashkilotlar ham ko’p.

Bugungi kunga kelib sobiq mahbus Vivian Nikson Kollej va jamoa uyushmasi rahbariga aylandi. U Mia Savej kabi ayollarga yordam bermoqda.

“Ko’z ochib yumguncha, La Guardiya kollejiga qabul qilindim. Bu haqida rasmiy xat ham oldim… Ikkinchi semestr hozir. O’qishlarim yaxshi”, - deydi Savej.

Selina Fulford kabilar esa hatto magirstraturaga kirgan:

“Bu ikkinchi magistrlik diplomim bo’ladi. Keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini yoqlamoqchiman. Nyu Roshel kollejida dars ham beraman. Kollejga kiraman deganlar bemalol menga murojaat qilaversin, yordam beraman!”

O’tmishni unutib, yangi hayot boshlash - dasturning 270 ishtirokchisini birlashtirgan maqsad.

“Kim murojaat qilishidan qat’iy nazar, hammaga yordam beramiz. Ularning ahvoli qanday bo’lmasin, o’ziga ishonchini tiklashga harakat qilamiz”, - deydi Nikson.

Kollej va jamoa uyushmasi a’zolari jinoyat yo’liga qaytmaydi, shu bois jamiyat bizdan mamnun, deydi u. Eng muhimi - ayollar o’zi va farzandlari deb orzuiga intiladi, o’ziga yana ishona boshlaydi.

Qamoqdan chiqib oliy ta'lim olayotgan ayollar/Helping women ex-cons
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG