Amerikaning texnologik qudratini oshirgan Silikon vodiysi erkaklar saltanatidir. Shu kunlarda bu yerdagi taniqli kompaniyalardan biri "Yahoo"ni bir necha ayol, yuqori lavozimda ishlab kelgan mutaxassislar, tark etdi.
Axborot texnologiyasi poytaxti va ilmiy ixtirolar markazi hisoblangan bu go'sha asosan oq tanli va osiyolik erkaklar qo'lida.
"Yahoo" moliyaviy inqirozdan chiqish uchun 15 foizga qisqardi. Bu yil yozda Verizon Communications Inc. bilan kelishib, 4,8 milliard dollar evaziga o'zining bir necha bo'limlarini sotdi.
"Yahoo" xodimlari orasida xotin-qizlar 23 foizga kamaygan. Quyi vazifalarda va texnologiya bilan bog'liq bo'lmagan bo'limlarda ayollar 52 foizni tashkil etadi. Yil boshida kompaniya jami 9400 xodimga ega edi. Hozirda 8000ga tushgan.
Qizig'i, "Yahoo" rahbari Silikon vodiysidagi eng qudratli ayol deya qaraladigan Marissa Mayerdir.
"Kompaniyadan ketayotgan xotin-qizlar o'z ixtiyori bilan bo'shadi",- deydi Margenett Mur-Roberts, "Yahoo" rahbari muovinlaridan biri.
Xodimlarning ketishi biznes kichraygani bilan bog'liq.
Yana bir yirik kompaniya "Apple" da ayollar 28 foizda.
Mutaxassislar deydiki, texnologiya sohasida xotin-qizlar, umuman olganda, ko'payib bormoqda. Lekin ular orasida yetakchilikka intiladiganlar kam.
Oila qurish, farzand ko'rish tufayli ayollarning kasbiy faoliyati erkaklarnikiga qaraganda sustroq va ayrimar aslida rahbarlik qudratli bo'lishning eng ma'qul yo'li emas deb hisoblaydi. Ular fikricha, muhandis, ixtirochi yoki dizayner bo'lishning o'zi qudrat belgisi.